Nurafshondagi ikki qavatli uylardan birida gaz-havo aralashmasining chaqnashidan bir kishi vafot etdi

Nurafshondagi ikki qavatli uylardan birida gaz-havo aralashmasining chaqnashidan bir kishi vafot etdi

Bugun, 27 aprel kuni soat 11:40da Toshkent viloyati Nurafshon shahrida, “Obod turmush” MFYda joylashgan ikki qavatli uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi.

Buning oqibatida binoning 2-qavatiga jiddiy zarar yetgan. Afsuski, hodisada bir nafar fuqaro vafot etgan.

Mazkur holatning tabiiy gazning sizib chiqishidan kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda.

Ayni daqiqalarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari voqea joyida ishlamoqda.

Mazkur vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar vazirlikning rasmiy manbalar orqali berib boriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!