Nukus va Kitobda iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Nukus va Kitobda iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nukus shahar bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda To‘rtko‘l tumani “Ibn Sino” MFYda yashovchi R.A. yashash xonadonida yashirin sex tashkil qilib, fuqaro B.A.ga “Qaratau” nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu sexdan jami 420 dona “Qaratau” nomli qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsuloti, 550 dona kapsula va qopqoq, 722 dona qalbaki aksiz marka hamda boshqa tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shunday, Departamentning Kitob tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shahrisabz shahri “Qushxona” MFYda yashovchi B.J. yashash xonadonida qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil etganligi aniqlanib, ushbu sexdan “Shahrisabz" va “Ne Vodka” nomli alkogol mahsulotlari, 60 litr spirt, 1 170 dona qopqoq, 1 193 dona aksiz marka, 150 dona yorliq va boshqa tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!