Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlovchi ayrim xodimlarga ish stajidan kelib chiqib ustamalar to‘lanadi

🔰Hukumat qarori (206-son, 08.04.2025 y.) bilan “Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Konimex tumanining Zafarobod shaharchasidagi byudjet tashkilotlari xodimlariga kompensasiya xususiyatiga ega bo‘lgan ustama to‘lash tartibi to‘g‘risida” gi Nizom tasdiqlandi.
✔️Nizom Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Konimex tumani Zafarobod shaharchasidagi (shaharlar) byudjet tashkilotlari xodimlariga kompensasiya xususiyatiga ega bo‘lgan ustama to‘lash tartibini belgilaydi.
📝Shaharlardagi byudjet tashkilotlari xodimlariga noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun oylik ustama to‘lovlari byudjet tashkilotlarida ishlagan ish stajidan kelib chiqib, kuyidagi miqdorlarda belgilanadi:
🔹3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 0,25 foizi;
🔹3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 0,5 foizi;
🔹5 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 0,75 foizi.
✔️Oylik ustamani olish huquqini beruvchi ish stajiga quyidagilar kiritiladi:
▪️shaharlardagi byudjet tashkilotlarida xodimning ishlagan davri;
▪️xodim haqiqatda ishlamagan bo‘lsa ham, lekin qonunchilikka asosan shaharlardagi byudjet tashkilotlarida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlangan davri;
▪️«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati, «Navoiyuran» davlat korxonasi va «Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi» davlat muassasasi tizimidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining ushbu korxonalarda ishlagan davri.