Nima uchun virusli kasallikka dori topish qiyin?

Nima uchun virusli kasallikka dori topish qiyin?

Virus bu juda mayda notirik organizm bo‘lib, inson hujayrasini istagan qismiga kirib oladi. Kirgach tiriladi. Shu tufayli tirilgach, boshqa fiziologiyani namoyon qiladi, deydi virusologiya bilan shug‘ullanuvchi olimlar guruhi.

Virus hujayra bilan birikib oladi. Virusga qarshi preparat nafaqat virusni, ko‘pincha inson hujayrasini xam o‘ldirib qo‘yadi.

Dorilar probirkada virusni o‘ldirgani bilan organizmga kirgach, o‘ldirishi juda qiyin. Sababi, organizmda virus qochadigan joylar juda ko‘p. Shu tufayli ko‘p dorilar probirkada tekshirilsa, effekt beraveradi organizmda esa yo‘q.

Virus o‘zgarish xususiyatiga ega. Bitta virusga qarshi topilgan davo u qobig‘ini o‘zgartirgach, to‘g‘ri kelmay qolish ehtimoli yuqori.

Eslatib o‘tamiz, virusli kasalliklarga Gripp, gepatit A,B,S,D, Polimiyelit, Suvchechak, Gerpes va boshqa kasalliklar misol bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!