Nima uchun rakun, ya’ni yenotni uyda boqib bo‘lmaydi?

Nima uchun rakun, ya’ni yenotni uyda boqib bo‘lmaydi?

Rakun juda yaxshi uy hayvoni! Kuchuklar va mushuklardan ham yaxshiroq! Joyga tez moslashadi, ortiqcha erkalik qilmaydi va bolalarga zarar yetkazmaydi.

Ko‘pchilik rakun boqish, ushbu hayvonni parvarishlash orqali boshqalardan ajralib turishni shunday maqtovlar bilan tavsiya qiladi.

Bu kabi gap-so‘zlar xato yoki atayin to‘qib chiqarilgan yolg‘on. Yenot hayotingiz, mol-mulkingiz va bolalaringizga xavf soladi. Bir zum hushyorlikni yo‘qotsangiz, halok bo‘lish hech gap emas.

Rakun yovvoyi hayvon

Enot – yirtqich hayvon. Yoqimtoy, beozor ko‘rinadi, lekin yovvoyi jonivor. U erkin va rakunning harakatlarini oldindan bilib bo‘lmaydi. Hatto bolaligidan parvarish qilib katta qilgan jajji do‘stingiz ham kutilmaganda tishlab olishi mumkin. Jag‘larining baquvvatligi katta itniki bilan bir xil. Ulg‘aygan erkak rakunni veterinariya stolida ushlab turish uchun bir nechta odam birga harakat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Enot juda qiziquvchan. Hayvonning barmoqlari nihoyatda tezkor. Qulfni tezda ochadi, telefondan foydalana oladi, shkafni timdalab tashlaydi. Oyog‘i osmonda bo‘lsa ham har qanday joyga suqilib kira oladi. Buni ustiga tunda faol bo‘luvchi jonivor bilan birga uxlash odamning hayotiga xavf soladi.

Ko‘rpa ostiga berkinish ham yordam bermaydi

Enot uyda yashasa, unga hamma narsa qilishga ruxsat berilishi kerak. Hayvon egasi hech nimaga achinmaydigan, boy odam bo‘lishi lozim. Rakunlarni deyarli qo‘lga o‘rgatib bo‘lmaydi. Nimanidir sochish kerak bo‘lsa, albatta, vayron qiladi. Har qanday hudud yenot uchun o‘ziga xos tadqiqotlar maydoniga aylanadi.

Uch o‘lchamli bo‘shliq

Enotning butun tanasi viprissa tuklari bilan qoplangan va teri sezgisi kuchli rivojlangan. U rang-barang landshaftni afzal ko‘radi. Yer, ko‘kat, tosh, novda, ildiz, shox-shabbalar yenot uchun ayni muddao. Bir xil laminat va silliq devorlar yirtqichni zeriktirib qo‘yadi. Rakun hamma narsaning avra-astarini chiqarib, kemirib, uyni yoyib tashlashi mumkin.

Rakunlar balandlikni sevadi. Itlar tekis joyda yugurishni, mushuklar uncha baland bo‘lmagan joylarga chiqishni xush ko‘radi. Yenot esa daraxt kavagida uxlaydi. Baland daraxt kavagiga chiqa olmagan rakun odatiy hayot tarzini yo‘qotib qo‘yadi.

Enotlar qishki uyquga ketishni yoqtiruvchi jonivor. Aks holda yirtqich organizmida modda almashinuvi yomonlashishi mumkin. Rakun uyquga ketishi uchun nafaqat sovuq, balki atrof-muhitni muzlatadigan muhit hukmron bo‘lishi lozim.

Enotlar nimalar bilan oziqlanadi?

Mushuklar va itlarni tayyor ozuqa bilan boqish mumkin. Biroq yenotlarni boqishda bu yo‘lni tanlab bo‘lmaydi.

Hayvonot bog‘ida parvarish qilinadigan har bir rakun 7 xil meva, 5 xil quruq meva, 4 xil go‘sht, 3 xil yong‘oq, 2 xil baliq, 2 xil tuxum, 2 xil rezavor, tvorog, asal, o‘simlik yog‘i, sichqon, mayda qush va krevetkalarni iste’mol qiladi. Shuningdek, ularga vitamin-mineral qo‘shimchalari ham beriladi. Hammasi kun tartibi asosida bajariladi.

Oziq-ovqat me’yori 0,1 grammgacha chiqishi mumkin. Ovqatni rakunning yoshi, vazni va harakatlariga qarab tanlash lozim. Uyda parvarish qilinadigan yenot ham semirishi mumkin. Semirish yurak xastaliklari, bo‘g‘imlar og‘rig‘i va umurtqa disklaridagi muammolarga sabab bo‘ladi.

Qat’iy nazorat

Enotlar – uy hayvonlari emas. Ularning fiziologiyasi itlar va mushuklarning tana tuzilishidan farq qiladi. Oddiy veterinar klinikasida rakunni davolash deyarli imkonsiz.

Mutaxassis bo‘lmagan odam ko‘zi bilan qaraganda yenot sog‘lomdek tuyuladi, u baqaloq, quvnoq va serharakat. Ammo ichki organlari faoliyatida buzilish kuzatilishi mumkin.

Shu sababli yenot boqishdan oldin sutemizuvchilarni yaxshilab o‘rganish, rakun yashashi uchun munosib sharoitlar va landshaft shakllantirish, yirtqich qishki uyquga ketishi uchun muzdek iqlim yaratish, turli dozalarda rang-barang ozuqalar berish tizimiga ega bo‘lish hamda oliy toifali veterinar xizmatlaridan foydalanish talab qilinadi.

Ushbu talablar bajarilishi ta’minlanmasa, u holda meyn-kun katta mushugini boqish tavsiya qilinadi. Avval ushbu jonivor mushuk va yenotning birlashgan shakli deb hisoblangan. Rakunlar esa yovvoyi tabiat qo‘ynida erkin yashayversin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!