Nikoh shartnomasi – oila mustahkamligining garovi

A A A
Nikoh shartnomasi – oila mustahkamligining garovi

Ma’lumki, oilaviy munosabatlarda nikoh alohida o‘rin tutadi, binobarin erkak bilan ayol o‘rtasidagi nikoh oila asosini tashkil etadi. Nikoh er-xotinning o‘zaro ahdlashuvi, ittifoq sifatida muayyan shartlarga rioya qilinib tuziladi. Bunday shartlar nikohning qonuniyligini, nikohlanuvchilarning erk-irodasi ifodalanganligini, o‘ziga xos biologik oqibatlar bilan bog‘liqligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Erkak va ayol oila qurar ekan, ular o‘z zimmasiga muayyan majburiyatlarni oladilar. Ular o‘rtasida vujudga keladigan mulkiy masalalar qonun bilan ham, shartnoma bilan ham tartibga solinishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga binoan oilaviy munosabatlarda er va xotin bab-baravar shaxsiy va mulkiy huquqlarga egadir. Teng huquqdan foydalanish bilan ular zimmasida majburiyatlar bab-baravar bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 29-moddasida nikoh shartnomasiga quyidagi tarif berilgan: nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi nikoh shartnomasi deb hisoblanadi.

Nikoh shartnomasi er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bo‘lg‘usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 30-moddasida nikoh shartnomasini tuzish tartibi belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar ham, shuningdek nikoh davrida ham tuzilishi mumkin. Nikoh davlat ro‘yxatiga olingunga qadar tuzilgan nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab kuchga kiradi. Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.

Kodeksning 31-moddasida nikoh shartnomasining mazmuniga qo‘yilgan talablar ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra er va xotin nikoh shartnomasiga ko‘ra birgalikdagi umumiy mulkning qonunda belgilangan (ushbu Kodeksning 23-moddasi) tartibini o‘zgartirishga, er va xotinning barcha mol-mulkiga, uning ayrim turlariga yoxud er va xotindan har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini o‘rnatishga haqlidir. Nikoh shartnomasi er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bo‘lg‘usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin. Er va xotin nikoh shartnomasida o‘zaro moddiy ta’minot berish, oila xarajatlarini ko‘tarish, bir-birining daromadida ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan mulkiy shartnomalar tuzish, birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini belgilab olishga, nikohdan ajralganda er va xotindan har biriga beriladigan mulkni aniqlab olishga, shuningdek nikoh shartnomasiga er va xotinning mulkiy munosabatlariga oid boshqa qoidalar kiritishga haqli. Nikoh shartnomasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar muayyan muddat bilan cheklanishi yoki muayyan shart-sharoitning yuzaga kelishi yoxud kelmasligiga bog‘liq qilib qo‘yilishi mumkin. Nikoh shartnomasi er-xotinning huquq layoqati yoki muomala layoqatini, ularning o‘z huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish huquqlarini cheklashni, er-xotin o‘rtasidagi shaxsiy nomulkiy munosabatlarni, er-xotinning bolalarga nisbatan bo‘lgan huquq va majburiyatlarini tartibga solishni, mehnatga layoqatsiz ta’minot olishga muhtoj er yoki xotinning huquqini cheklovchi qoidalarni, er va xotindan birini o‘ta noqulay holatga solib qo‘yuvchi yoxud oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining normalariga zid keluvchi boshqa shartlarni nazarda tuta olmaydi.

Kodeksning 32-moddasida nikoh shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish tartibi belgilangan. Unga ko‘ra nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Nikoh shartnomasi qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, uning o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi ham shunday shaklda amalga oshiriladi. Nikoh shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi. Nikoh shartnomasi er-xotindan birining talabi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida belgilangan asoslar va tartibda sudning hal qiluv qarori bilan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Nikoh tugatilgan paytdan boshlab nikoh shartnomasining amal qilishi ham tugaydi, nikoh shartnomasida nikoh tugatilganidan keyingi davr uchun nazarda tutilgan majburiyatlar bundan mustasno.

Nikoh shartnomasi ko‘pincha muddatsiz tuziladi. Ma’lum vaqt o‘tgach yoki istalgan vaqtda er-xotin kelishib, unga o‘zgartirish kiritishlari, uni bekor qilishlari mumkin. Uni bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi. Odatda, taraflardan biri ma’lum sababga ko‘ra shartnomani bajarolmasa, uni o‘zgartirish yoki bekor qilishni taklif etishi kerak. Kelishuv orqali shartnoma notarial tartibda, aks holda, sud orqali bekor qilinadi.

Kodeksning 33-moddasiga ko‘ra, nikoh shartnomasi sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Nikoh shartnomasining shartlari ushbu Kodeks 31-moddasi beshinchi qismining talablariga zid kelsa, sud er-xotindan birining talabiga binoan nikoh shartnomasini to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb topishi mumkin.

Demak ushbu moddaga asosan, nikoh shartnomasining haqiqiy emas deb topilishiga uning qonun talablariga rioya qilmay tuzilgani asos bo‘ladi. Haqiqiy emas deb topilganda nikoh shartnomasi hech qanday huquqiy oqibat tug‘dirmaydi va taraflar mulkiy munosabatda dastlabki holatga qaytadilar.

Xulosa qilib aytganda, nikoh shartnomasi oilaning mustahkam tayanchi sifatida xizmat qiladi.

Oybek Jiyanov,

FIB Rishton tumanlararo

sudining sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Rossiya Moskvadagi paradga boradigan yetakchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Россия Москвадаги парадга борадиган етакчилар рўйхатини эълон қилди, рўйхатда Марказий Осиё президентлари йўқ.

Moskvadagi barcha aeroportlar faoliyatini to‘xtatdi

Шереметево рейсларга ўзгартиришлар киритилиши мумкинлигини эълон қилди. Аввалроқ, "гилам"0 сигнали туфайли Внуково, Домодедово ва Жуковскийда чекловлар жорий этилган эди.

Serxio Aguero: «Abduqodir Husanov shu darajani 3-4 yil saqlab qolsa, dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanishi mumkin»

"Манчестер Сити" афсонаси ҳисобланган Серхио Агуэро «шаҳарликлар» ёш юлдузлари — Нико O’Райли ва Абдуқодир Ҳусановнинг ўйинларига юқори баҳо берди.

Prezidentning xotiniga hukm chiqargan sud’ya o‘lik holda topildi

Полиция воқеани ўрганмоқда, асосий версиялардан бири — ўз жонига қасд қилиш.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Krishtianu Ronaldu millionlab obunachilarini yo‘qotdi

«Instagram» ижтимоий тармоғи ботлар ва нофаол аккаунтларни оммавий тарзда ўчириш ишларини амалга оширди, деб хабар бермоқда Sports.kz.

AQSh sudi Jeffri Epshteynning o‘limidan oldin yozib qoldirgan taxminiy xatini ommaga e’lon qildi

Таъкидланишича, ушбу хат 2019 йил июл ойида Эпштейннинг камерадоши, собиқ полициячи Николас Тартальоне томонидан топилган

Endi V1 darajali sertifikat ham oliy o‘quv yurtlariga kirishda imtiyoz beradi

Олдин имтиёз фақат В2 ва ундан юқори даражалар учун берилар эди, энди қоидалар В1 даражасига ҳам кенгайтирилди: у чет тилидан 75% балл беради, В2 ва ундан юқори эса 100%.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Bahodir Jalolov professional boksdagi 18-g‘alabasini tantana qildi (VIDEO)

Англиянинг Манчестер шаҳри мезбонлик қилаган профессионал бокс оқшомида ўзбекистонлик оғир вазнли чарм қўлқоп устаси Баҳодир Жалолов навбатдаги жангини ўтказди.

Endi Toshkent viloyati yo‘llarida “Damas” harakati cheklanadi

“Damas”лар сонининг кўплиги яхши, лекин улар тирбандлик келтириб чиқармоқда”, — деди Тошкент вилояти ҳокими Зоир Мирзаев.

Messi o‘ziga o‘xshagan eng iqtidorli yosh futbolchi kimligini aytdi

«Интер Майами» ҳужумчиси Лионель Месси ҳозирги ёш авлод вакиллари орасидан фаолиятининг бошланишини эслатадиган футболчини алоҳида эътироф этди.

«O‘z farzandingizni o‘pganda ularni eslang»: Eronning AQShga keskin murojaati

Эроннинг Арманистондаги дипломатик ваколатхонаси Оқ уй матбуот котиби Кэролайн Левиттнинг фарзандли бўлгани юзасидан муносабат билдириб, АҚШнинг Минабдаги мактабга берган зарбаси оқибатида ҳалок бўлган болаларни ёдга олди.

«Real»da «tozalash» ishlari: Faqat 5 futbolchi «dahlsiz»

Мадриднинг «Реал» клуби раҳбарияти кетма-кет муваффақиятсизликлар ва кийиниш хонасидаги доимий жанжаллар фонида таркибни жиддий тарзда қайта кўриб чиқишга қарор қилди.

Fransiyada ukrainalik asirlarni qiynoqqa solishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Гумонланувчи 2021 йилда Украинадаги терговдан қочиб, Францияда қочқин мақомини олишга уринган.

Qatar yaqinida yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urildi

Ҳозирда ҳукумат снаряд манбасини ўрганмоқда. Ҳудуддаги кемаларга эҳтиёткорлик билан ҳаракатланиш тавсия этилди.

Pokistonda avtomobil portladi: Qurbonlar polisiyachilar

Шунингдек, омон қолган уч нафар ҳарбий хизматчи топилиб, шифохонага етказилган.

Hantavirus aniqlangan kruiz kemasi yo‘lovchilari Ispaniyaning Tenerife oroliga kelgach, izolyasiya qilingan holda evakuasiya qilinadi— The Guardian

Хабарларга кўра, круиз лайнери якшанба, 10 май куни Канар оролларига етиб келади.

YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi

Остонада бўлиб ўтган Минтақавий экологик саммитда ЮНЕСКО ва Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти ҳамкорлигида Марказий Осиё мамлакатларининг иқлим ўзгаришларига барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган йирик минтақавий лойиҳа расман ишга туширилди.

Xitoy sobiq mudofaa vazirlariga shartli o‘lim jazosi berdi

Хитой ҳукумати коррупция ва лавозим ваколатларини суиистеъмол қилишда айбланган икки нафар собиқ мудофаа вазирига шартли ўлим жазоси тайинланганини эълон қилди.

Eron AQSh taklifiga hali javob bermadi — Tehron hujjatni o‘rganmoqda

Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакили Исмоил Бағоий маълум қилди.

Latviyada Rossiyadan uchib o‘tgan ikkita dron qulab tushdi, ulardan biri neft omboriga zarar yetkazdi

7 май кечаси ҳаво ҳудудига эҳтимолий таҳдид ҳақидаги хабарни Резекне шаҳри, шунингдек, Резекне, Балви ва Лудза ўлкалари аҳолиси олган

Tramp Eron bilan muzokaralarni AQShda o‘tkazishni taklif qildi

Дональд Трамп Эрон билан музокараларни АҚШ ҳудудида ўтказишни таклиф қилди.

Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi

1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.

Jizzaxda vagonda selfiga tushmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi

Жабрланувчи шифохонага етказилиб, жонлантириш бўлимига ётқизилган.

O‘zbekistonda yirik firibgarlikda ayblangan Turkiya fuqarosi Perudan Toshkentga ekstradisiya qilindi

Маълум қилинишича, Интерпол каналлари орқали қидирувга берилган шахс Перудан Ўзбекистонга олиб келинган.

Ishga kiritish, ruxsatnoma olish va nafaqa tayinlash bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.

Isroil Livan janubidagi hujumlarni davom ettirmoqda

NNA маълумотига кўра, Исроил ҳарбий самолётлари эрталабдан Кефре ва Жебшитга зарбалар берган.

BMT Xavfsizlik Kengashi BAAga hujumlar bo‘yicha yopiq majlis o‘tkazadi

Бу ҳақда Al Jazeera дипломатик манбага таяниб хабар берди.

Chegarada tunnellar orqali qonunbuzarlikka qarshi javobgarlik kuchaytiriladi

Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.

Samarqanddagi «zapravka»da yong‘in chiqdi

Ҳозирда ёнғиннинг келиб чиқиш сабаби ва етказилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Leningrad viloyatining Kirishi shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilindi

Ҳужум фонида Пулково аэропорти ишини чеклади, камида 17 та авиарейс кечиктирилди.

Xitoyning Xunan provinsiyasidagi pirotexnika zavodida portlash yuz berdi

​Хитой раиси Си Жинпин ҳодиса юзасидан зудлик билан текширув ўтказиш ва айбдорларни қаттиқ жавобгарликка тортиш бўйича кўрсатма берди.

Oq uy yaqinida yana bir otishma sodir bo‘ldi

Associated Press агентлигининг хабар беришича, Оқ уй вақтинча ёпиб қўйилган.