Nike Rossiyani tark etmoqda

Nike Rossiyani tark etmoqda

Amerikaning kiyim-kechak va poyabzal ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mashhur Nike kompaniyasi Inventive Retail Group (IRG) bilan franchayzing bitimini uzaytirmadi, deb yozmoqda "Vedomosti" gazetasi.

“Bu, Nike kompaniyasi kelgusida Rossiyaga mahsulot yetkazib berishni tashkil eta olmasligini bildiradi", – deyiladi xabarda.

IRGning PR-direktori "Vedomosti" gazetasiga tovar yetkazib berish to‘xtatilganini tasdiqlagan. Bundan buyon kompaniyaning mazkur brend bilan ishlayotgan do‘konlari yopiladi.

Aniqlik kiritilishicha, IRG kompaniyasi Nike tovarlari sotiladigan 37 ta nuqtaga ega, ayni paytda ularning to‘qqiztasi ishlamayapti.

Xabarda keltirilishicha, umuman, martdan may oyigacha Nike kompaniyasining mamlakatdagi monobrendli do‘konlari 116 tadan 56 tagacha qisqargan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!