Nihoyat! Putin Baydenni g‘alaba bilan tabrikladi

Nihoyat! Putin Baydenni g‘alaba bilan tabrikladi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin demokrat Jo Baydenni AQSh prezidentligi uchun saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi.

Putin o‘z telegrammasida Jo Baydenga har tomonlama muvaffaqiyat tilab, global xavfsizlik va barqarorlik uchun alohida mas’uliyatga ega Rossiya va AQSH, turlicha qarashlaridan qat’i nazar, hozir dunyo duch kelayotgan ko‘plab muammolarga real yechimlar topa olishiga ishonch bildirgan.

Putinning fikricha, shu jihatdan Rossiya-AQSh hamkorligi har ikki mamlakat va xalqaro hamjamiyat manfaatlariga mos keladi. 

«O‘z navbatida, siz bilan o‘zaro hamkorlik aloqalariga tayyorligimni bildiraman», — deyiladi Rossiya prezidentining tabrigida.

Bayden saylovchilarning g‘alaba uchun yetarli 270 ta minimum ovozidan 306 tasini olgan.

Eslatib o‘tamiz, Jo Bayden o‘z g‘alabasini 7 noyabrda e’lon qilganidan so‘ng 50 dan ziyod xorijiy davlatlar rahbarlaridan tabrik olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!