Nig‘matilla Yo‘ldoshev o‘zi ishtirok etmagan konferensiyada yangi lavozimga bir ovozdan saylandi

Nig‘matilla Yo‘ldoshev o‘zi ishtirok etmagan konferensiyada yangi lavozimga bir ovozdan saylandi

Termiz shahrida O‘zbekiston kurash federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi tashkil etildi. Konferensiya davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev kurash federasiyasining raisi lavozimiga saylandi.

Saylovda boshqa nomzodlar ko‘rsatilmadi va Nig‘matilla Yo‘ldoshev bir ovozdan O‘zbekiston kurash federasiyasi raisi lavozimiga saylandi.

Eslatib o‘tamiz, hisobot-saylov konferensiyasida Nig‘matilla Yo‘ldoshevning o‘zi ishtirok etmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!