Nigeriyada yoqilg‘i tankerining portlashi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada yoqilg‘i tankerining portlashi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

Nigeriya janubidagi Delta shtatida yonilg‘i tashuvchi tankerning portlashi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi va ko‘plar jabrlandi, deb xabar beradi Kazinform Anadoluga tayanib.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Varri – Benin trassasida yonilg‘i tashuvchi tanker noma’lum sabablarga ko‘ra portlab ketgan.

Tanker portlashi sabablarini o‘rganish ishlari olib borilyapti.

Jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan.

Qurbonlar soni ortishi ehtimoli bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!