Niderlandiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

A A A
Niderlandiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

14 mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Niderlandiyaning favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Ostona shahrida) etib tayinlangan Andre Karstensning ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda siyosiy muloqotni faollashtirish va iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish orqali ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Saidov savdo-sarmoyaviy hamkorlik va parlamentlararo muloqotni institusionallashtirish taklifini bildirdi.

Bungacha favqulodda va muxtor elchi lavozimini 2021 yil oktyabrda tayinlangan Xilles Arno Besxoor Plux egallab kelayotgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!