“Nexia” avtomashinasini olib qochgan voyaga yetmagan shaxs qo‘lga olindi

“Nexia” avtomashinasini olib qochgan voyaga yetmagan shaxs qo‘lga olindi

O‘zbekiston tumani. 02 iyun kuni soat 18:25 larda voyaga yetmagan M.A tuman markaziy shifoxona oldida o‘zining boshqaruvidagi sariq rangli, “Nexia” rusumli avtomashinada yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan G‘.M.ni to‘xtatib, yo‘lovchi sifatida chiqib, Yaypan-Bozor mahalla hududiga yetib borgan vaqtda, G‘.M.ga u bilan o‘zaro gaplashib olishi lozimligini aytgandan keyin G‘.M to‘xtab avtomashinadan tushgan vaqtda haydovchi o‘rindig‘iga o‘tirib, avtomashinani olib qochib, Ibn-Sino ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan fuqaro R.B boshqaruvidagi “Gentra” rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!