Netflix Amir Temur haqida film suratga oladi

Netflix Amir Temur haqida film suratga oladi

Netflix kompaniyasi Amir Temur haqida "Tamerlan" nomli film suratga oladi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Amerikadan kino ijodkorlari va mutaxassislari ishtirok etadi.

Badiiy film Amir Temirning kuchli sarkarda va mohir harbiy strateg sifatida shakllangan davri haqida hikoya qiladi. Film rejissyori Jeykob Shvars. Suratga olish ishlarining katta qismi Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, O‘zbekistonda ham suratga olish ishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kaskadyor rejissyori Qozog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xodim, “Nomad Stunts” ko‘chmanchi kaskadyorlar guruhi asoschisi, “Oskar” mukofoti sovrindori Jaydarbek Kungujinovdir.

Tayyorgarlik davri 2023 yilning yanvar-mart oylariga, suratga olish davri esa aprel-may oylariga mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!