Netanyaxu Isroilning Ukrainaga harbiy yordam berishi haqida fikr bildirdi

Netanyaxu Isroilning Ukrainaga harbiy yordam berishi haqida fikr bildirdi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu chorshanba kuni uning hukumati Ukrainaga harbiy yordam berish imkoniyatini istisno qilmasligini aytdi. Avvalroq Isroil Ukrainaga urushning dastlabki kunlaridan beri berayotgan gumanitar yordam bilan cheklanish niyatida ekanini ta’kidlagan edi.

Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, Quddus hatto Ukraina osmonini himoya qilish uchun so‘nggi «Temir gumbaz» havo mudofaa tizimini yetkazib berish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor, garchi Isroil tomoni avvalroq bu tizim Ukraina kabi keng hududlarda foydalanish uchun mo‘ljallanmaganligini ta’kidlagan edi.

Netanyaxu hech qanday aniq va’dalar bermadi, balki agar urushayotgan tomonlar va AQSh bunga rozi bo‘lsa, mojaroda vositachilik qilishga tayyorligini ham aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, urushning dastlabki bosqichidayoq unga shunday taklif bilan murojaat qilishgan, ammo keyin u muxolifat yetakchisi bo‘lgan va vositachi rolini o‘z zimmasiga olmagan.

Bundan tashqari, Isroil bosh vazirining aytishicha, uning mamlakati Rossiyaga qurol yetkazib beruvchi Erondagi harakatlari bilan Ukrainaga urushda bilvosita ham yordam bermoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!