Netanyaxu AQShga tashrifi chog‘ida Erdo‘g‘on bilan uchrashishni rejalashtirgan

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu kelasi hafta AQShga tashrifi chog‘ida dunyo yetakchilari, jumladan AQSH, Turkiya va Ukraina prezidentlari Jo Bayden, Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Vladimir Zelenskiy bilan uchrashmoqchi.
Bu haqda Isroil hukumati rahbari idorasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Netanyaxu yakshanba oqshomida Isroilda yahudiylarning yangi yili Rosh-Xashona tugashi bilanoq darhol Isroildan AQShga uchadi. Uning AQShga safari davlat tashrifi maqomiga ega bo‘ladi.
“Hukumat rahbari tashrif doirasida AQSh prezidenti Jo Bayden, Germaniya kansleri Olaf Shols, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Janubiy Koreya prezidenti Yun Sek Yol bilan uchrashadi”, — deyiladi xabarda.
Tashrif davomida Netanyaxu, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zlaydi va jahon tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashadi.