Navoiyda soliq bosh inspektori 9000 AQSh dollari bilan ushlandi

Navoiyda soliq bosh inspektori 9000 AQSh dollari bilan ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Karmana tuman DSI bosh inspektori A.Z. “S.” MCHJ rahbari I.P.ga 10 000 AQSh dollari evaziga ushbu MCHJga qarashli kafeda o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llamaslik va tekshiruv dalolatnomasini uning foydasiga ijobiy hal qilib berishini aytib, 9 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!