Navbatdagi videoselektor: Mirziyoyev bu safar kimlarni tanqid qildi?

A A A
Navbatdagi videoselektor: Mirziyoyev bu safar kimlarni tanqid qildi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 11 sentyabr kuni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda davlat byudjetiga kafolatlangan tushumlarni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilganidek, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, soha sub’ektlarini har taraflama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mutlaqo yangi tizim yaratilmoqda. Tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ko‘plab byurokratik to‘siqlar bartaraf etilmoqda.

Ushbu yangi tizim, yaqinda tashkil etilgan Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining muvofiqlashtiruvchi roli ostida Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari, Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, joylardagi hokimlarning birinchi o‘rinbosarlari boshchiligidagi iqtisodiyot kompleksi tashkilotlarining mazkur yo‘nalishda hamjihatlikda izchil ishlashini nazarda tutadi.

Tadbirkorlik sub’ektlariga moliyaviy ko‘mak berish maqsadida ularga tijorat banklari o‘ziga xos biznes-hamkor bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha yangi konsepsiya amaliyotga joriy qilinmoqda.

Bunday tizimli amaliy choralar natijasida joriy yilning o‘tgan 8 oyida 70 mingta yangi tadbirkorlik sub’ekti tashkil etildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobarga ko‘pdir.

Shu bilan birga, hududlarda ishlatilmayotgan rezerv va imkoniyatlar yetarli. Sohani rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim qanday ishlashi kerakligini joylarda ko‘pchilik rahbarlar hali chuqur anglab yetmayapti.

Bosh vazir qabulxonalari tashkil etilganidan keyin o‘tgan uch oy mobaynida unga 12 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan, ularning asosiy qismi kredit, yer ajratish va boshqa masalalar bilan bog‘liq. 

Murojaatlarning aksariyati Toshkent, Qashqadaryo, Andijon, Samarqand viloyatlariga to‘g‘ri kelgan. Ulardan 9 mingtasi yoki 75 foizi joyida, shundan 40 foizi bevosita tuman darajasida hal bo‘lgan. Bu holat ilgari quyi bo‘g‘in rahbarlari tadbirkorlik sohasidagi mavjud muammolar bilan umuman shug‘ullanmaganidan dalolat beradi.

Vazirlar Mahkamasiga Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bilan birga Bosh vazir qabulxonalariga tadbirkorlik sub’ektlaridan tushayotgan murojaatlarda ko‘tarilayotgan muammolarni imkon qadar joyida hal etilishini doimiy ravishda muhokama qilib borish topshirildi.

Shuningdek, markaziy idoralar va vazirliklar rahbarlaridan iborat tarkibda 6 ta hududiy Ishchi guruhlarini tuzgan holda, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yangi tizimni mamlakatning boshqa tuman va shaharlarida joriy etish, joylarda bu borada ishlatilmayotgan imkoniyatlarni safarbar qilish yuzasidan aniq choralar belgilab berildi.

Jumladan, Ishchi guruhlariga har bir tuman va shaharning o‘ziga xos xususiyatlari va salohiyatini o‘rganib, ularni qaysi yo‘nalishlarga ixtisoslashtirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish hamda shunga mos ravishda yangi investisiya loyihalari amalga oshirilishini ta’minlash yuklatildi. Shuningdek, joylarda tadbirkorlar ishtirokida ularni qiziqtirgan masala va muammolar yuzasidan ochiq muloqotlar o‘tkazib, mavjud g‘ov-to‘siqlarni bartaraf etish choralarini ko‘rib borish topshirildi.

Majlisda biznes muhitini yaxshilash bo‘yicha qonuniy asoslarni takomillashtirish va aniq yo‘naltirilgan amaliy choralar ko‘rishga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Jumladan, biznes yuritish, lisenziya va ruxsatnomalarni olish bo‘yicha kiritilgan yangiliklar amaliyotda hali to‘liq ishga tushib ketmayotgani tanqid qilindi. 

Xususan, Davlat xizmatlari yagona reestriga kiritilgan 693 ta xizmat turidan atigi 103 tasi yoki 15 foizi Davlat xizmatlari markazlari orqali va elektron tarzda ko‘rsatilmoqda, xolos. Bu esa tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan shaxslarga qiyinchilik tug‘dirmoqda.

Shuning uchun, Adliya vazirligiga tadbirkorlarga onlayn tizimda axborot-maslahat xizmatlarini joriy etish, qog‘ozda ko‘rsatilayotgan barcha davlat xizmatlarini elektron ko‘rinishga o‘tkazish bo‘yicha bir oy muddatda tegishli qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi topshirildi.

Shuningdek, qurilish hujjatlarini kelishishning yagona onlayn tizimini amaliyotda to‘liq ishlatishni ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilab berildi.

Ko‘plab chet mamlakatlarda biznes sub’ektlari 3 toifaga (kichik, o‘rta va yirik) bo‘lingan va davlat tomonidan har bir toifaga nisbatan alohida qo‘llab-quvvatlash siyosati olib boriladi. Lekin O‘zbekistonda iqtisodiyot rivojida alohida rol o‘ynaydigan “o‘rta biznes” tushunchasi, afsuski, umuman yo‘q.

Shuni hisobga olib, Vazirlar Mahkamasi va tegishli vazirliklarga o‘rta biznes toifasini joriy etish, kichik, o‘rta, yirik biznes mezonlarini qayta ko‘rib chiqish, ularni alohida mexanizmlar asosida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha uch oy muddatda aniq takliflarni ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Yig‘ilish kun tartibidagi ikkinchi masala – davlat byudjetiga tushumlarni ta’minlash holati ko‘rib chiqilar ekan, o‘tgan 8 oyda bu boradagi ko‘rsatkichlar prognozga nisbatan yuqori bo‘lgani alohida qayd etib o‘tildi. 

Daromadlarni oshirish bo‘yicha foydalanilmagan zaxiralarni ishga solish, soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Yakka tartibdagi tadbirkorlardan undiriladigan qat’iy belgilangan soliq bo‘yicha tushumlarni ta’minlash, yashirin ish o‘rinlarini legalizasiya qilish muhimligi ta’kidlandi. 

Toshkent shahri, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida ko‘p milliard so‘mlik soliq qarzdorligi undirilmagani, qator tuman va shaharlar rahbarlari izlanmay, yirik soliq to‘lovchilar hisobiga prognoz ko‘rsatkichlarini bajarishda davom etayotgani tanqid qilindi. 

Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki ekspertlari ishtirokida tuzilgan Yirik soliq to‘lovchilar bilan ishlash bo‘yicha inspeksiya soliq rezervlarini o‘rganish va tushumlarni ko‘paytirishda muhim omil bo‘layotgani qayd etildi. Ushbu ishlarning samarasini oshirish uchun yirik soliq to‘lovchilarni elektron hisob fakturalariga o‘tkazish va ularni buxgalteriyani kompyuterda yuritish dasturlariga bog‘lash kerakligi ta’kidlandi. 

Moliya vazirligiga qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini kamaytirish bo‘yicha aniq asoslangan taklif kiritish topshirildi.

Byudjet tushumlarining 21 foizini ta’minlaydigan 20 ta shahar va tuman bilan bevosita ishlash uchun ularga mutasaddi rahbarlar biriktirildi.

Davlat byudjetining daromadlar qismini bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan hududiy soliq idoralari rahbarlari ogohlantirildi. Prezident prognozni oldindan to‘lov hisobiga bajarish qat’iyan man etilishini ta’kidladi.   

Tadbirkorlar, ekspertlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan muhokamalarda bildirilgan takliflarni inobatga olib, Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasini puxta ishlab chiqish zarurligi qayd etildi. 

Videoselektorda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddi rahbarlar va hokimlarning hisobot va takliflari eshitildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondagi vaziyatdan Markaziy Osiyoda eng ko‘p Tojikiston qiynalishi mumkin

Имкониятлари чекланган республика учун бу озиқ-овқат хавфсизлиги нуқтаи назаридан жиддий ҳажм ҳисобланади.

Gruziyada motam kuni e’lon qilindi

Бу ҳақда Грузия ҳукумати маъмурияти эълон қилди.

MMA afsonasi Trampning Eron haqidagi gaplariga keskin javob qaytardi

Ўтмишдаги машҳур ММА жангчиси Жефф Монсон Эрон футбол терма жамоаси билан боғлиқ вазият ҳақида ўз фикрини билдирди.

Eron Isroilga o‘ta og‘ir ballistik raketalar bilan kuchli hujum uyushtirdi

Эрон Исроил ҳудудига ўта оғир баллистик ракеталарни қўллаган ҳолда кучли ҳужум уюштирди.

Tramp dunyo davlatlaridan yordam so‘radi

Қўшма Штатлар президенти Хитой, Франция, Япония ва бошқа давлатларни ҳудудда хавфсиз қатновни таъминлаш учун у ерга ҳарбий кемалар юборишга чақирди.

Eron AQShga yadroviy qurol dasturidan voz kechishni hujjatlashtirishni taklif qildi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арағчи бу ҳақда ижтимоий тармоқдаги саҳифасида маълум қилди.

«Real»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng «Manchester Siti» kiyinish xonasida nimalar bo‘ldi?

«Манчестер Сити» Чемпионлар лигаси доирасидаги «Реал»га қарши сафар ўйинида муваффақиятсизликка учради.

Eronning o‘rniga Jahon chempionatiga borishi mumkin bo‘lgan terma jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда ESPN нашри хабар бермоқда.

Eron dunyoga o‘z shartlarini qo‘ymoqda

Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Netanyaxu eronliklar Navro‘zni xotirjam nishonlashi uchun Larijoniyni o‘ldirganini aytdi

“Ўтган 24 соат ичида биз ушбу мустабид тузумнинг энг юқори бўғинидаги иккита террорчи етакчисини йўқ қилдик. Бизнинг самолётларимиз террорчи гумашталарга бевосита ерда, чоррахаларда ва шаҳар майдонларида зарба бермоқда.

Eron Isroilga qarshi «qattiq qasos amaliyoti» boshlanganini e’lon qildi

Эрон Миллий хавфсизлик олий кенгаши ўз котиби Али Ларижонийнинг ҳалок бўлганини расман тасдиқлади.

Trampning kuyovi Jared Kushner Yaqin Sharqdagi urushdan milliardlar topmoqchi

New York Times маълумотига кўра, у Affinity Partners компанияси учун тахминан 5 миллиард доллар топишни режалаштиряпти.

Eron dushman energetikasini “yo‘q qilish” bilan tahdid qildi

IRIB маълумотига кўра, Эрон Қуролли Кучлари вакили Хотам ал-Анбия нефть иншоотларига қилинган ҳужумларга жавоб сифатида душманнинг барча энергетика инфратузилмаси йўқ қилинишини билдирди.

Ronaldu urushdan qochib, futbolni chetga surishga qaror qildi

Саудия Арабистони Профессионал лигасининг энг машҳур футболчиси Криштиану Роналду ва унинг оиласи унинг оиласи Яқин Шарқдаги ҳарбий можаро фонида вақтинча Испанияда яшаб туришга қарор қилди.

Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol jinsiy zo‘ravonlikka uchradi

Бу ҳақда бугун, 19 март куни “Sözcü” хабар берди.

Qirg‘izistonda sobiq DXX rahbarining qarindoshi qo‘lga olindi

Орунбековнинг таъкидлашича, Камчибек Ташиев лавозимни тарк этганидан сўнг бундай амалиётлар тўхтаган ва корхона омборларида катта ҳажмда бензин тўпланиб қолган.

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda AlmaU hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.

Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Шунингдек, автоҳалокатда жароҳат олган яна уч нафар ҳамюртимизга тезкор тиббий ёрдам кўрсатилган ва уларга шифохонадан жавоб берилган.

Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi

Қарши туманида истиқомат қилувчи, 1965 й.т. шахс ўзининг яшаш хонадонида тегишли лицензиясиз дорихона ташкил қилиб, 82 турдаги жами 1520 дона меъёрий ҳужжати бўлмаган дори воситаларини сотиб келаётганлиги аниқланди.

Prezident farmoni bilan 392 nafar shaxs afv etildi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.

Afg‘oniston Pokistonga qarshi amallarni vaqtincha to‘xtatdi

Маълум қилинишича, бу қарор Қатар, Саудия Арабистони ва Туркиянинг илтимосига биноан қабул қилинган.

Isroil Eron razvedka vaziri Ismoil Xatibning o‘ldirilganini ma’lum qildi

Эрон президенти Масъуд Пезешкиён ушбу хабарни тасдиқлади.

Samarqandda xorijdan olib kelingan 38 kg narkotik moddalar musodara qilindi

Натижада, ундаги махсус тайёрланган хуфия жойда бўлган мармар тошлар орасига 9 кг 40 гр опий экстракцияси яширилганлиги аниқланди

“Roma” futbolchisi garovga olindi

Италиянинг AS Roma клуби футболчиси Нил Эль Айнауи уйига қуролли шахслар бостириб кириб, уни ва оила аъзоларини гаровга олди.

AQSh fuqaroligidan voz kechish to‘lovi arzonlashtirildi

АҚШда фуқароликдан чиқиш учун ундириладиган давлат божи кескин камайтирилди.

Eronda AQSh va Isroilga aloqador 55 kishi qo‘lga olindi

Tesnim агентлиги хабар беришича, операция Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси разведка бўлинмалари томонидан ўтказилган.

Farg‘onada "Energosavdo" muhandisi 9 ming dollar bilan qo‘lga olindi

Электр энергиясидан ноқонуний фойдаланганлик ҳолати бўйича расмийлаштирилган далолатнома юзасидан ҳисобланган жами 1,8 млрд сўм жарима суммасини 210 млн сўмга тушириб бериш эвазига 10 минг АҚШ доллари талаб қилади.

Turkiyada yetti yil avval bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

Терговчиларнинг сўзларига кўра, ҳибсга олинган шахснинг кўрсатмалари билан тасдиқланганидек, у жасадни вақтинча балконда яширган, ўзига хос ҳидни қўшниларига каптар боқиш орқали боғлаган, шундан сўнг қолдиқларни маиший чиқиндиларни йиғиш тизими орқали йўқ қилган.

Pokiston Kobuldagi shifoxonaga zarba berdi

Афғонистон расмийларининг маълумоти бўйича камида 400 киши ҳалок бўлган ва тахминан 250 киши яраланган.

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol uyning 4-qavatidan tushib ketdi

Аёл Туркия фуқароси бўлган шахс билан шаръий никоҳ асосида турмуш қурган, бироқ ушбу никоҳ расмий тартибда қайд этилмаган. Никоҳ маросими Наманган вилоятининг Чуст туманида ўтказилган.

Tramp: «NATO — bu biz»

АҚШ президенти Дональд Трампнинг айтишича, НАТОнинг асосий кучи АҚШ ҳисобланади.

Jizzaxda direktor bilan til biriktirgan tezkor vakil ushlandi

Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш департаментининг (ИЖҚКД) катта тезкор вакилига нисбатан жиноят иши қўзғатилди.

Britaniyalik diplomat AQShning Erondagi operasiyasini muvaffaqiyatsizlik deb atadi

Буюк Британиянинг Ўзбекистондаги собиқ элчиси Крейг Мюррейнинг айтишича, АҚШ ва Исроилнинг Эронга қарши ҳарбий операцияси тўлиқ муваффақиятсизликка учраган.

Eronga aloqador xakerlar AQShga yirik kiberhujum uyushtirdi

The Wall Street Journal нашрининг хабар беришича, Эронга алоқадор деб ҳисобланган хакерлар АҚШда йирик киберҳужум уюштирган.