NATO davlatlari buni hozirda imkonsiz ekanligini biladi

NATO davlatlari buni hozirda imkonsiz ekanligini biladi

Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyartoning aytishicha, Shimoliy Atlantika alyansining barcha davlatlari Ukrainaning ittifoqqa kirishi hozirda mumkin emas degan fikrda.

Bu haqda u alyans mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining Bryusseldagi yig‘ilishining birinchi kuni yakunlari bo‘yicha aytdi.

"Hech bo‘lmaganda Ukrainaning NATOga kirishi hozirda imkonsiz degan kelishuv mavjud", - deya vengriyalik yuqori martabali diplomatdan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Siyyartoning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi uchun bir qancha shartlar bajarilishi, shuningdek, barcha ittifoqchilarning bu qarorga rozi bo‘lishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!