NATO Bosh kotibi 18-21 sentyabr kunlari AQShga tashrifi chog‘ida BMT Bosh Assambleyasi ishida ishtirok etadi

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg 18-21 sentyabr kunlari AQShga tashrif buyuradi va Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etadi.
Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansi matbuot xizmati bayonotida aytiladi.
Xabar qilinishicha, Bosh kotib dunyo yetakchilari va yuqori martabali amaldorlar bilan ham uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan.
Bundan tashqari, Stoltenberg 21 sentyabr kuni Xalqaro aloqalar kengashidagi muhokamada ishtirok etadi. U, shuningdek, Davlat kotibi Entoni Blinken mezbonlik qiladigan Transatlantik kechki ovqatda ham ishtirok etadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)