«Narxoz»ga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 15 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

«Narxoz»ga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 15 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

Qayd etilishicha, ushbu shaxs boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Faqat bu «xizmat» 15 ming dollarga tushishini ma’lum qilgan.

U 15 ming dollarni sanab olayotgan vaqtda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan DXX va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

«Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda», deyiladi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!