Narxlar o‘zgarishi kutilmoqda: Davlat ikkita tovarning narxini tartibga solishni to‘xtatadi

Narxlar o‘zgarishi kutilmoqda: Davlat ikkita tovarning narxini tartibga solishni to‘xtatadi

Davlat ikkita tovarning narxlarini tartibga solishni to‘xtatadi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanalida xabar berilgan.

2018 yil bahorida narxlari va tariflarni davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatga molik hamda strategik toifadagi tovarlar va xizmatlar turlari ro‘yxati tasdiqlangandi. Ular orasida un, benzin, etil spirti, mineral o‘g‘itlar va boshqalar bor.

2019 yil boshida Moliya vazirligi ushbu ro‘yxatdan ikkita bandni chiqarib tashlash taklifi bo‘lgan loyihani e’lon qildi:

1. Aholining ijtimoiy zaif qatlamlari va davlatning strategik zaxirasini shakllantirish uchun mo‘ljallangan paxta moyi;

2. Shulxa va paxta chigiti shroti.

2019 yil 18 mart kuni hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, endilikda ushbu tovarlarning narxlari davlat tomonidan tartibga solinmaydi va bozor mexanizmlari asosida shakllantiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!