Namozdagi harakatlarning salomatlikka ta’siri​​​​​​​ni bilasizmi?

Namozdagi harakatlarning salomatlikka ta’siri​​​​​​​ni bilasizmi?

24 soat ichidagi 5ta buyuk va 50ta kichik aktiv bioritm davri bor. 5 buyuk davrning har biri boshlanishidagi ilk 15 daqiqa biologik aktiv paytdir. Bu vaqtlarda akupunktor nuqtalar tamoman ochiq holatda bo‘ladi. 5 vaqt namoz bu 5 buyuk biologik davrga to‘g‘ri keladi. Azondan 15 daqiqa keyin akupunktor nuqtalar sekin-asta yopilishni boshlaydi va bu yopilish jarayoni 1,5-2 soat davom etadi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: "Namoz uchun vaqtning avvali – Alloh rizosi, vaqtning o‘rtasi - Alloh rahmati, oxiri esa - Allohning avfidir". Boshqa hadisda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Agar kishilar namozga erta kelishning savobini bilganlarida edi, buning uchun musobaqalashishar edilar", deganlar.

Ruku’: ichki a’zolarni, tuhumdon, bachadon, prostatit, buyrak, siydik yo‘llari va umurtqa sog‘ligini saqlaydi. Oshqozon, qorin, bel va gardan muskullarini kuchlantiradi.

Sajda: badanning ustki qismlarida qon yurishini orttiradi, miyada suyuqlik va qon aylanishini tartibga soladi va saqlaydi. Miyani tozalaydi, xotirani kuchlantiradi, tushunish va fikrlash qobiliyatini orttiradi, o‘pka, yurak va asab tizimini dam oldiradi.

Salom: ikki tomonga salom berayotib, yelkalarga qarash ko‘zlardagi qon aylanishining buzilishidan, ko‘z muskullarini dangasalikdan, ensa va bo‘yin suyaklariga ohak yig‘ilishidan saqlaydi.

Sajdaga ketayotib va turayotib qilingan harakat: tananing barcha bo‘g‘im va muskullarining sog‘ligini muhofaza ostiga oladi.

Tahorat va namozning moddiy foydalarini sanab oxiriga yetib bo‘lmaydi. Bu yerda misol tariqasida ularning faqatgina bir nechtasi aytildi, ma’naviy hikmatlari haqida esa hech gapirmadik.

Sog‘liqni saqlash uchun tahorat qilish, 5 vaqt namoz o‘qish, halol taom yeyish va yeyishni kamaytirish yetarli inshaalloh.

"Namoz va duolar" kitobidan olindi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!