Namoyishchilar Bangladesh sobiq bosh vazirining uyini yoqib yuborishdi

Bangladeshda namoyishchilar hokimiyatdan ag‘darilgan bosh vazir Shayx Xasinaning sobiq uyi hamda uning partiyasining boshqa a’zolarining uylarini vayron qildi va yoqib yubordi, deb xabar beradi BBC.
Tartibsizliklar Xasinaning ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqqa murojaat qilishni rejalashtirgani haqidagi xabarlardan keyin boshlangan. U o‘tgan yili talabalar noroziligi tufayli mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan va hozir Hindistonda surgunda.
Xasinaning marhum otasi, Bangladeshning birinchi prezidenti bo‘lgan Mujibur Rahmonning uyi chorshanba kuni kechqurun buzib tashlandi. Bino shu kunlarda muzeyga aylangan edi.
Xasinaning otasi mustaqillik uchun kurashgan qahramon hisoblansa-da, qiziga bo‘lgan nafrat uning shuhratiga soya solgan.
Facebookda jonli efirga chiqqan Xasina hujumni qoraladi va “adolat” talab qildi.
—Ular binoni vayron qilishlari mumkin, lekin tarixni o‘chirib tashlay olmaydilar, — dedi u.
Chorshanba kuni namoyishchilar Avami Ligasi partiyasi yetakchilarining uylari va bizneslarini vayron qilib, yoqib yuborishdi.
Polisiyaning BBCga aytishicha, chorshanba kuni kechqurun qarorgoh oldida 700 ga yaqin namoyishchilar yig‘ilgan va tartibni saqlash uchun polisiya xodimlari safarbar etilgan.