Namanganda uy egasi pichoq bilan qurollangan niqobli bosqinchini IIBga topshirdi

Namanganda uy egasi pichoq bilan qurollangan niqobli bosqinchini IIBga topshirdi

Namangan shahrida 7 avgust kuni To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan SH.Z. yuzini to‘sgan holda pichoq bilan qurollanib, «Navbahor» MFYda yashovchi M.M.ning uyiga devor oshish yo‘li bilan bostirib kirdi. Bu haqda "daryo.uz" manbasi xabar berdi.

Uy egasi bosqinchini ko‘rib qolib, unga faol qarshilik ko‘rsatdi. SH.Z. pichoq bilan uning bo‘yin qismiga jarohat yetkazib, voqea joyidan yashirinayotganida birga yashovchi o‘g‘li ushlab olib, IIBga xabar berdi.

M.M. kasalxonaga yotqizildi. SH.Z.ning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!