Namanganda IIB xodimlari ikki fuqaroni qo‘liga kishan taqib, olib ketishdi

Namanganda IIB xodimlari ikki fuqaroni qo‘liga kishan taqib, olib ketishdi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Namanganda IIB xodimlari ikki nafar fuqaroning qo‘liga kishan taqib, olib ketishayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, 27 may kuni soat 00:10 da tungi xizmatga jalb qilingan Uchqo‘rg‘on tumani IIB profilaktika inspektorlari tumandagi "Sanoat" MFY Chinor ko‘chasida joylashgan kompyuter o‘yinxonasini oldidan o‘tib ketishayotgan vaqtda, ushbu joyda 10 nafardan oshiqroq fuqarolardan 2 nafari jamoat tartibini hamda fuqarolar tinchligini buzib, janjal ko‘tarayotganlariga guvoh bo‘lishgan.

Xodimlar tomonidan yigitlarni tartibga chaqirish maqsadida murojaat qilinganida, 1998 yilda tug‘ilgan ikki yigit — B.I. va T.T.lar IIB xodimlarini qonuniy talablarini bajarmay, faol qarshilik ko‘rsatib, huquqbuzarliklarini davom ettirishgan.

Shu sababli yigitlar qonuniy tartibda tuman IIBga olib kelinib, ularga nisbatan MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organi xodimning qonuniy talabini bajarmaslik) bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!