Namanganda 26 yoshli erkak qarindoshlar tomonidan do‘pposlandi

Namanganda 26 yoshli erkak qarindoshlar tomonidan do‘pposlandi

Namangan. 2020 yilning 28 may kuni soat 23:00 da Norin tumani Katta Yaydoq MFY 34 yoshli M.K. va uning jiyani 22 yoshli K.M. jamiyatda yurish turish qoidalarini qasdan mensinmasdan jamoat joyi hisoblangan Haqqulobod-Chinobod avtomobil yo‘lining Norin tuman Tibbiyot birlashmasi binosining qarshi tomonida hech bir sababsiz 26 yoshli B.A., ni qo‘llari bilan urib-do‘pposlab, tan jarohati yetkazib, B.A.ning boshqaruvida bo‘lgan “Nexia” rusumli avtomashinaning old orqa va yon oynlarini sindirib, avtomashinaga zarar yetkazishgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentiga ko‘ra, holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!