Nahotki? Koronavirusdan kuchliroq virus paydo bo‘lishi mumkin

Nahotki? Koronavirusdan kuchliroq virus paydo bo‘lishi mumkin

Tibbiyot fanlari doktori, professor Igor Gundarov kelgusida COVID-19dan xavfliroq infeksiya paydo bo‘lishi mumkin deb aytdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Hozirgi pandemiya bartaraf etilgandan so‘ng koronavirusdan xavfliroq virus paydo bo‘lishi mumkin.

"Xususan, koronavirus grippdan ham kuchliroq bo‘lib chiqdi. Keyingi kasallik yanada tajovuzkor bo‘lishi mumkin", - dedi Gundarov.

Professor fikriga ko‘ra, COVID-19 keng tarqalishining sababi boshqa kasalliklar bilan kurash bo‘ldi. So‘nggi 15 yil ichida emlanish tufayli A va B tipidagi gripp deyarli kamaydi.

“Inson sog‘liqni saqlash yutuqlari tufayli deyarli gripp yo‘q bo‘ldi. Uning o‘rniga koronavirus shtammi ko‘paydi. Etik bilan bir virusni bosib, uning o‘rnida boshqa virusni o‘stirdik”, - dedi Gundarov.

BSST mart oyi boshida koronavirus infeksiyasi tarqalishini, pandemiya deb e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 750 mingdan ortiq kishi virusga chalindi, 36 mingdan ortiq kishi vafot etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!