Nafaqat ishga ehtiyoji bor xotin-qizlar, balki iqtisodiy ahvoli yaxshi, lekin ishlash istagidagi ayollarning ham bandligini ta’minlash kerak — Senat Raisi

A A A
Nafaqat ishga ehtiyoji bor xotin-qizlar, balki iqtisodiy ahvoli yaxshi, lekin ishlash istagidagi ayollarning ham bandligini ta’minlash kerak — Senat Raisi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi respublika ishchi guruhi xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarning borishi bilan tanishish va aholi bilan bevosita muloqot qilish maqsadida Toshkent viloyatining Chinoz tumanida bo‘ldi.

«Birlik» MFYda xonadonma-xonadon yurib, ishsiz xotin-qizlar, ularning bandligini ta’minlashga oid ehtiyojlari, imkoniyatlari, tadbirkorlikka qiziqishi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlarning dastlabki natijalari tahlil qilindi. O‘rganish jarayonining o‘zida 54 nafar ayolning bandligi ta’minlangani, 11 nafariga kredit ajratilib, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilinganligi aytib o‘tildi.

616 ta xonadonga ega mahallaning drayveri issiqxonachilik bo‘lib, 90 foizdan ziyod xonadon aynan shu yo‘nalish orqali daromad topadi. O‘tgan yilda mahalladagi issiqxonalarda yetishtirilgan 30 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportga chiqarilgan.

Mahalla yettiligi bilan kechgan suhbat jarayonida kambag‘allikni qisqartirish, buning uchun oilaviy tadbirkorlikni, tomorqachilikni, mahallada xizmat ko‘rsatish sohalarini yanada rivojlantirish, ayniqsa xotin-qizlar orasida qo‘shimcha kasblarga o‘qitish va ish bilan ta’minlash orqali norasmiy bandlik ulushini kamaytirish masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, yettilikning o‘zaro hamkorligi, masalalarni birgalikda bir tizim bo‘lib, hal etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Xususan, Senat Raisi nafaqat ishga ehtiyoji bor xotin-qizlar, balki iqtisodiy ahvoli yaxshi, lekin ishlash istagida bo‘lgan ayollarning ham bandligini ta’minlash kerakligini aytib o‘tdi. Shuningdek, masalaga har bir mahallaning o‘ziga xosligi va drayver sohalaridan kelib chiqib yondashish zarurligini ta’kidladi.

Shu yerning o‘zida xatlov jarayonida aniqlangan ehtiyojmand ayollar bilan ham muloqot o‘tkazildi. Ayni paytda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga yaratilayotgan sharoitlar, ta’lim olishi, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun berilayotgan imtiyozlar haqida batafsil tushuncha berildi. Tikuvchilik hunari bo‘lgan 9 nafar ayolga o‘zini-o‘zi ish bilan band qilib, oilasiga qo‘shimcha daromad keltirish imkoniyatini yaratish maqsadida tikuv mashinalari taqdim etildi.

Shundan so‘ng «Birlik» mahallasida tomorqachilik orqasidan yaxshigina daromad ko‘rayotgan oilalar xonadonlariga tashrif buyurildi. Tursunova Nasibaxon xonadonining 10 sotix maydonida issiqxona tashkil etib, birinchi mavsumda bodring, ikkinchi mavsumda esa pomidor yetishtirib, 140 mln so‘m daromad ko‘rmoqda.

Mahalladagi boshqa bir xonadon sohibasi Xalikulova Maxbuba 25 sotix issiqxonada ko‘chatchilikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bu yil o‘rtacha 500 mln so‘m daromad ko‘rishni reja qilgan.

Xonadon egalari bilan suhbat chog‘ida mahallada tomorqasidan yetarli foydalana olmayotgan oilalarga ham dastlabki bosqichda tomorqachilik sir-asrorlarini o‘rgatish, tajribalarini ommalashtirish yuzasidan takliflar berildi.

Tumanning «Obihayot» MFY aholisi asosan o‘z tomorqalarida oilaviy korxona tashkil etib, intensiv usulda baliq yetishtirish bilan shug‘ullanishadi. Senat Raisi mahallada «Arnasoy cho‘rtani» va «Kushfar fish» oilaviy korxonalarini tashkil etgan aholi xonadonlarida bo‘ldi.

Ushbu xo‘jaliklar egalari baliqni uvuldiriq holatidan aholi dasturxoniga yetib borgunga qadar bo‘lgan jarayongacha yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan. Tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat jarayonida faoliyatni kengaytirishlari, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishlari uchun imtiyozli bank kreditlari ajratiladigan bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

Abduqodir Husanov «Barsa»ga o‘tishi mumkin — Deku uni «kelajak himoyachisi» deb biladi

Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

Бу ҳақда Отабек Умаров айтиб ўтди.

Isroil Eron bilan urush tugaganini rasman e’lon qildi

Бу ҳақда Исроил бош вазирининг идораси баёнот берди.

Dollar kursi yana keskin «quladi»

Марказий банк 2025 йил 24 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

Eldor Shomurodov yangi jamoasining taklifini qabul qildi

Унга Туркия ва Италия клублари қизиқиш билдираётганди.

Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi kutilyapti

Бу ҳақда футбол журналисти Яҳёхўжа Улуғхўжаев хабар бермоқда.

Eron Isroilni mag‘lubiyatga uchratganini ma’lum qildi

Бу ҳақда мамлакат Миллий хавфсизлик юқори кенгаши баёнотида келтирилган.

Eron butun Isroil bo‘ylab zarbalar berdi — Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi

Фарс агентлиги маълумотларига кўра, Эрон бугун Исроилга ҳудудига ҳужумда Kheibar Shekan, Emad, Qadr ва Fattah-1 баллистик ракеталаридан фойдаланган.

Markaziy bank: dollar ko‘tarila boshladi

АҚШ доллари 45,26 сўмга ошиб, 12 456,25 сўм этиб белгиланди. Евро курси 223,82 сўмга ошди ва 14 461,71 сўм бўлди. Фунт-стерлинг 16 952,96 сўм (+342,09). Россия рубли 158,36 сўм этиб белгиланди (-0,02). Қозоғистон тенгеси 24,00 сўм бўлди (+0,28).

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Dahshat! Eron birinchi marta zamonaviy vertikal raketalardan foydalanmoqda

Бу ҳақда "Ozod Iran" нашри хабар берди.

Uta Abe Diyora Keldiyorovaga "vizov" tashladi

Келдиёрова бу ерда бўлмаганидан хафсалам пир бўлди. Умид қиламанки, у қайтади, шунда мен ундан қасос оламан

Germaniya kansleri: Isroilning “iflos ishi” haqidagi fikrimdan afsuslanmayman

Германия канцлери Фридрих Мерц Исроилнинг Эронга қарши амалиётини “Ғарбнинг ифлос иши” деб атаган баёнотидан афсусланмаслигини маълум қилди.

Saudiyaliklar Messiga dahshatli shartnoma taklif qilishdi

Бу ҳақда TEAMtalk нашри хабар берди.

Ukrain harbiysi: frontdagi vaziyat juda og‘ir, yoz va kuz og‘ir bo‘lishi mumkin

Украина Қуролли Кучлари 3-штурм бригадаси қўмондон ўринбосари Андрей Жорин фронтдаги вазиятни «жуда оғир» деб баҳолади ва ёз ҳамда куз ойларини мураккаб давр сифатида тасвирлади.

Sochida ikkita samolyot to‘qnashib ketdi

Бу ҳақда Россия Федерацияси Жанубий транспорт прокуратураси маълум қилди.

Rossiya armiyasi Ukrainadagi yirik litiy konlaridan birini egallab oldi

Бу эса у Украинадаги литий осон олинадиган ягона кон эканлигини билдиради. Мазкур ҳудудда литийдан ташқари тантал, ниобий, бериллий, рубидий ва сезий каби нодир металлар ҳам мавжуд.

"Bu pastkash kim?" — Tramp CNN nashrining Eronga aloqador maqolasidan g‘azablandi

CNN нашрининг ёзишича,Трамп маъмурияти Теҳрон билан Эроннинг фуқаролик ядровий дастурини ривожлантириш учун 30 миллиард доллар ажратиш масаласини муҳокама қилган.

Tehronda Isroil tomonidan o‘ldirilgan generallar va yadro olimlari ommaviy dafn etildi

Минглаб эронликлар мамлакат пойтахти марказига чиқиб, Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси офицерлари ва олимлар билан видолашди.

Kolumbiyada yuz bergan ko‘chki oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Дастлабки маълумотларга кўра, табиий офат оқибатида 50 га яқин уй зарар кўрган. Қутқарув ишлари узлуксиз давом этмоқда.

Urganchda shoqollar yuribdimi?

Вилоят Экология бошқармаси ҳолат юзасидан муносабат билдирди.

Koreyada ruhiy nosog‘lom erkak harakatlanayotgan metroni yoqib yubordi

Натижада 22 нафар йўловчи ёнғиндан заҳарланиб, шифохонага ётқизилишига тўғри келган.

Eron Donald Trampni jiddiy ogohlantirdi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Ароқчи АҚШ президенти ҳақида гапирди.

Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan ushlandi

Шовот тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими ходими ҳам ўзганинг ишончига кириб, ички ишлар органларидаги танишлари орқали унга ҳайдовчилик гувоҳномаси олиб беришини айтиб, эвазига 1400 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм олганлик ҳолати ҳужжатлаштирилди.

Gazoda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni bir kunda 19 nafarga yetdi

Бу ҳақда тиббиёт ходимлари ва гувоҳлар маълум қилди.

Dunyo bo‘ylab 316 mln kishi giyohvand moddalar iste’mol qiladi — BMT

Бирлашган Миллатлар Ташкилоти дунё бўйлаб 2023 йилда гиёҳванд моддаларни истеъмол қилувчилар сони 316 миллион кишига етганини маълум қилди.

Yaponiyada 3 yillik tanaffusdan keyin yana o‘lim jazosi amalga oshirildi

Қатл этилган шахс Такахиро Шираиши бўлиб, у тўққиз кишини ўлдирган ва қисмларга бўлган.

Homanaiy Eron xalqini Isroil ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabrikladi

У, шунингдек, АҚШ ҳам таслим бўлганини таъкидлаган.

Eronda Isroil foydasiga josuslikda ayblangan 3 kishi osib o‘ldirildi

Бу ҳақда Reuters хабар берди.

Xitoyda kuchli suv toshqini tufayli 80 mingdan ortiq odam evakuasiya qilindi

Ҳар икки ҳудудда огоҳлантириш даражаси энг юқори даражага кўтарилди.

Irlandiya Isroilga iqtisodiy bosim o‘tkazishga tayyorlanmoqda

Янги қонун лойиҳаси ишғол қилинган Фаластин ҳудудларидан маҳсулот олиб киришни тақиқлайди.

Eronda Isroil foydasiga josuslikda ayblangan uch kishi qatl etildi

Бу ҳақда Эрон ОАВлари хабар бермоқда.

Eronga qarshi kampaniya hali yakunlanmagan, oldinda uning yangi bosqichi turibdi

Биз Эроннинг ядро ва ракета дастурларини бир неча йил орқага сурдик. Аммо биз ҳушёр бўлишимиз шарт.

Toshkent aeroportida qizlarni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natish bilan shug‘ullangan ayol ushlandi

Ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 135-моддаси (одам савдоси) билан жиноят иши қўзғатилган.

Kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 8,2 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

Таъкидлаш лозимки, мазкур шахслар муқаддам бир неча маротаба судланган бўлишларига қарамасдан, ўз хатоларидан тўғри хулоса чиқаришмаган.

Shakarsiz va yog‘siz qahva o‘lim xavfini kamaytiradi

АҚШлик олимлар кунига 1-2 финжон қора қаҳва ичиш ҳар қандай сабабдан ўлим хавфини 14 фоизга камайтиришини аниқлади.

Dneprga raketa hujumi: halok bo‘lganlar soni 8 nafarga yetdi, 150 dan ortiq kishi jarohat oldi

Бу ҳақда маҳаллий ҳокимиятлар хабар бермоқда.