Nadal matbuot anjumanida uxlab qolgan jurnalistni uyg‘otib yubordi (video)

Nadal matbuot anjumanida uxlab qolgan jurnalistni uyg‘otib yubordi (video)

Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Australian Open dagi bellashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida uxlab qolgan jurnalistni uyg‘otib yubordi. Video ESPN Tennis ning Instagram-akkauntida paydo bo‘lgan. Bu haqda Kun nashri yozmoqda.

Nadal savolga javob qaytarib, italiyalik muxbir Ubaldo Skanagatta uxlab yotganini aytgan. Nadal u tomonga jiddiy qaragan va shunday degan: Bugun unchalik qiziq emas . Jurnalistni hamkasblarining kulgisi uyg‘otib yubordi. Bu jetlag (organizmning vaqt mintaqalari o‘zgarishiga tabiiy reaksiyasi - tahr.) , - deya tennischining oldida o‘zini oqlagan u. Qo‘rqinchli emas. Bilaman, siz so‘zlarni yaxshiroq tushunish uchun ko‘zingizni yumib olgansiz , - deya hazillashgan Nadal.

Australian Open ning birinchi doirasidagi uchrashuvda 32 yoshli Nadal avstraliyalik Jeyms Dakvortni uch setda taslim etdi (6:4, 6:3, 7:5). Ikkinchi doirada ispaniyalik yana bir avstraliyalik Mettyu Ebden bilan uchrashadi. Bahs 16 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Nadal - dunyoning ikkinchi raketkasi. Ispaniyalik Katta dubulg‘a seriyasidagi turnirlarda 17 marta g‘alaba qozongan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!