Muzlagan piyozni iste’mol qilsa bo‘ladimi? Mutaxassis javobi

Muzlagan piyozni iste’mol qilsa bo‘ladimi? Mutaxassis javobi

So‘nggi sovuqlar piyozning ko‘rinishiga ta’sir qildi. Natijada ko‘plab iste’molchilarda bu uning sifati va xususiyatlariga ziyon keltirmaydimi, degan savol paydo bo‘ldi.

Sputnik Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassisidan javob oldi.

Shahnoza Oripovaning aytishicha, saqlash vaqtida past haroratga bardoshlilik piyozning muhim xususiyati hisoblanadi.

“Piyoz muzlatilgan holatda ham o‘zining xususiyatlarini yo‘qotmaydi. Lekin muzlatilgan piyozni asta-sekin muzdan tushirish kerak. Uni -30° C dan past bo‘lmagan haroratda saqlash tavsiya etiladi. Piyoz saqlash vaqtida muzlab qolsa ham, keyinroq tiklanadi”, deydi mutaxassis.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!