Muzlab qolgan ko‘lmak ustida harakatlangan “Lesetti”ga yordam ko‘rsatildi

Muzlab qolgan ko‘lmak ustida harakatlangan “Lesetti”ga yordam ko‘rsatildi

Yurtimizda kuzatilayotgan noqulay ob-havo tufayli, afsuski, ko‘plab noxush hodisalar sodir bo‘lib turibdi.

Chunonchi, Chirchiq daryosining Chinoz tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismida daryo suvi sathining ko‘tarilishi kuzatildi. Daryo suvlari qirg‘oqdan toshib, tumandagi “Chinmasjid” mahallasi hududidagi yo‘lda ko‘lmak xosil qilgan va sovuq harorat ta’sirida muzlagan.

Joriy yilning 26-yanvar kuni soat 10:00 larda doimiy yashash joyi Toshkent shahrida bo‘lgan fuqaro “Lasetti” rusumli avtomashinasida mazkur mahalladagi dala hovlisiga ketayotgan vaqtida muzlagan ko‘lmak ustidan harakatlangan.

Mashinaning og‘irligiga dosh bera olmagan muz yorilishi oqibatida avtomashina o‘sha joyda qolib ketgan.

Holat yuzasidan soat 10:30 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tezkor boshqaruv markaziga xabar kelib tushgan.

Qisqa vaqt ichida Chinoz tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, muz orasida qolib ketgan fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatishgan.

Sodir bo‘lgan holat oqibatida fuqaroga tan jarohati yetmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!