Musulmonlarni terrorchiga aylantirayotgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Musulmonlarni terrorchiga aylantirayotgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Rossiyaning o‘nta hududida taqiqlangan "Hizb ut-Tahrir al-Islomiy" terrorchilik tashkiloti tarafdorlari hibsga olindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hibsga olingan yetti kishiga nisbatan jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.

Hibsga olishlar Qrim, Moskva, Sankt-Peterburg, Primorye, Kuban, Boshqirdiston va Dog‘iston, Oryol, Kaluga, Ivanovo viloyatlarida o‘tkazilgan.

Manbaga ko‘ra, hibsga olinganlar musulmonlarni xalqaro terroristik tashkilot safiga yollash bilan shug‘ullanishgan. Ular o‘z targ‘ibotlarida dunyoviy hukumatlarni ag‘darish yo‘li bilan harbiy to‘ntarish va "islom inqiloblari" paytida tashkil etilgan "dunyo xalifaligi"ni yaratish hamda e’lon qilish doktrinasidan foydalanganlar.

Hibsga olinganlarning yashash joylarida Rossiyada taqiqlangan targ‘ibot materiallari, aloqa vositalari, elektron ommaviy axborot vositalari topilgan va olib qo‘yilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!