Musulmonlarni kamsitgan kompaniya jarima to‘laydigan bo‘ldi

Musulmonlarni kamsitgan kompaniya jarima to‘laydigan bo‘ldi

AQShning Halliburton transmilliy kompaniyasi ikki musulmon xodim ish joyida kamsitilgani tufayli yirik miqdorda jarima to‘laydi. Bu haqda NDTV xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Xyustonda joylashgan mazkur kompaniyada ish beruvchining aybi bilan asli hindistonlik Mir Ali va suriyalik Hasan Snubarga nisbatan dushmanona muhit paydo bo‘lgan. Rahbariyat va xodimlar ularni kamsitgan, terrorchi deb atagan.

Bandlikda teng imkoniyatlar bo‘yicha komissiya Mir Ali va Hasan Snubarning nomidan Texas sudiga murjaat qildi. Sud qaroriga binoan Halliburton kompaniyasi musulmon xodimlariga 275 ming dollar to‘laydigan bo‘ldi.

Manba: islamnews.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!