Musulmon kofirni yomon ko‘radimi?

Musulmon kofirni yomon ko‘radimi?

Mo‘min kishi biror kishidan, xoh u musulmon bo‘lsin, xoh kofir, nafratlanishi mumkin emas. Shuni bilish kerakki, Alloh uchun birovga g‘azab qilish bilan undan nafratlanish o‘rtasida juda katta farq bor. 

Alloh uchun g‘azablanish o‘z haqiqatiga ko‘ra gunohkor yoki kofirga shafqat qilish natijasidir. Zero mo‘minning ishi, o‘zi uchun yaxshi ko‘rgan narsani hamma insonlar uchun yaxshi ko‘rishdir. Mo‘min uchun qiyomat kunidagi azobdan xalos bo‘lish va abadiy saodat kafolatlanishidan ko‘ra sevimliroq narsa yo‘q. 

Demak, uning osiy va kofirlarga g‘azab qilishi ularga bo‘lgan rahmdillikdan, hamda oxiratdagi abadiy baxtsizlik va Allohning jazosiga duchor bo‘lishlariga achinishdan paydo bo‘ladi. 

Sizga ma’lumki, bunday munosabat yomon ko‘rgan va nafratlangan kishining ishi emas. Agar o‘xshatish kerak bo‘lsa, bu foydasi va baxtini o‘ylab otaning o‘g‘ilga yoki do‘stning do‘stga qilgan qattiqqo‘lligi kabidir.

Shayx Muhammad Said Ramazon Butiyning "Nabaviy siyrat fiqhi" kitoblaridan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!