Mushafi Usmon va Langar Qur’oni: qay biri qadimiyroq?

A A A
Mushafi Usmon va Langar Qur’oni: qay biri qadimiyroq?

Payg‘ambarimiz alayhissalomga nozil qilingan Qur’oni karim oyatlari matni hijriy 10 (milodiy 632) yilda to‘la mukammal bo‘ldi. O‘sha paytda nozil bo‘lgan sura va oyatlar turli ashyolarga ko‘chirilib, tartiblanmagan holda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xonalarida bir joyga jamlangan edi.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu xalifaliklari davrida, ya’ni hijriy 11-13 yillari Qur’oni karim oyatlarining o‘rama shakldagi bir nusxasini ko‘chirishga qaror qilindi. Bu sharafli vazifa yigirma yoshli sahobiy, vahiy kotibi Zayd ibn Sobitga yuklandi. Zayd ibn Sobit madinalik ansoriylardan edi. O‘n bir yoshida imonga kelib, hamisha Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam yonlarida yurib, duolaridan barakot topdi. Qator tillarni o‘rganib, ilmu hikmat sohibi bo‘lib yetishdi. Madina shahrida Kur’on qiroati qoidalari, shariat ahkomlari va meros taqsimoti masalalarida benazir zot edi. Zayd ibn Sobit Abu Bakr Siddiq topshirig‘i bilan oyatlarni o‘ram-o‘ram terilarga birinchi bo‘lib ko‘chirgan, keyinchalik Mushafi Usmonni ko‘chirish ishlariga ham bosh-qosh bo‘lgan.

Ikkinchi xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu zamoniga kelib Islom dinimiz sharqda Xitoygacha, g‘arbda Andalusiya (Ispaniya)gacha yetib bordi. Hijriy 13-24 yillar oralig‘ida Islom davlati hududi nihoyatda kengaydi. Arablardan tashqari Ajam o‘lkalaridagi xalqlar ham Islom bilan sharaflanishdi. Bu esa Qur’oni karimning yagona quraysh lahjasidagi “andoza rasmixat imlodagi” (etalon) nusxasini ko‘chirish zaruratini yuzaga keltirdi.

Bu tarixiy ish uchinchi xalifa Usmon ibn Affon roziyallohu anhu davrlariga to‘g‘ri keldi. Hijriy 25 yili ashobi kiromdan katta bir guruh nazorati ostida, daqiq tekshiruvlar natijasida Qur’oni karimning yagona andoza nusxasi ko‘chirib yozildi. Teri sahifalarning ikkala yuzasiga ham matn yozilib, barcha sahifalar muqova orasiga olindi. Qur’oni karimning kitob shaklidagi bu nusxasiga “Mushafi Imom” deb nom berildi. Teri varaqlarga yozilgan Qur’on nusxasining eng birinchi namunasi hazrati Usmonga nisbat berilib, “Mushafi Usmon” atala boshladi.

Xattotlar ana shu mushafdan bir necha nusxa ko‘chirib, Islom yetib borgan turli o‘lkalarga yuborilgan. Bugungi kunda Hazrati Usmon mushaflaridan nodir bir nusxa O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida avaylab saqlanmokda.Langar Qur’oni esa milodiy sakkizinchi asrda noma’lum bir xattot tomonidan ko‘chirilgan nusxa bo‘lib, uni qaysi sahoba ko‘chirib yozganini aytishga ilmiy asoslar yo‘q. Bu nusxada to‘liq bo‘lmasa-da, hamma harflarning nuqta-belgilari qo‘yilgan. Nusxa Kashqadaryo viloyatining Langar qishlog‘ida saqlanib kelingani uchun “Langar Kur’oni” nomi bilan mashhur bo‘lgan. Uning 16 varag‘i O‘zbekistonda, 82 varag‘i Sankt-Peterburgda saqlanmoqda. Doktor Yefim Rezvan Peterburgda Langar Kur’oni varaqlarining majmuasini rangli kitob holida nashr ettirgan. Bu nashrning O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida ham bir nusxasi mavjud.

Mazkur mushaflarning Markaziy Osiyoga keltirilgani haqidagi to‘liq ma’lumotlar marhum ustoz Shayx Ismoil Maxdumning “Toshkentdagi Usmon mushafi tarixi” asarida keltirilgan. Mazkur kitobda sohibqiron Amir Temur va alloma Abu Bakr Qaffol Shoshiy Mushafning yurtimizga kelishiga aloqador ekani ko‘rsatiladi. Lekin Mushafni aynan kim olib kelgani hamon jumboqligicha qolmokda. Bizningcha, Mushafni hijriy 54 yili Samarqandga muhojir bo‘lib kelgan Usmon ibn Affonning o‘g‘li Xolid ibn Usmon olib kelgan, degan fikr ilmiy asosga ega. Samarqanddagi Xoja Abdu Darun maqbarasi aynan Xolid ibn Usmonga mansub me’moriy yodgorlikdir.

Fotima Habibulloh qizi Haqberdiyeva


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Isroil Rossiyani Eronga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishdan tiyilishga chaqirdi

Исроил молия вазири Элькин Россиядан Эронга ҳаво ҳужумидан мудофаа тизимларини етказиб бермасликни сўради.

Madaniyat vaziri korrupsiyada ayblanib sudga tortiladi

Маданият вазири коррупция ва мансаб ваколатини суиистеъмол қилишда айбланиб судланади.

Mahmud Muradov: "Taxminan 700 ming AQSh dollari minusga kirdim"

Muradov Professional League ММА ташкилоти нима учун мусобақалар ташкил қилмаётганининг сабаби ҳам айтилди.

Yuragi urib turgan bemor o‘lganga chiqarildi va uning ichki a’zolaridan foydalanishdi

Органларни харид қилиш ташкилотлари шифокорларни беморларга ўлимни тезлаштирадиган дориларни юборишга ундамоқда.

Ayrim maktablarda qizlarga yubka kiyish taqiqlandi. Ota-onalar norozi!

Таълим вазирлиги ота-оналарнинг шикоятларига жавоб берди.

Hindiston o‘z talabalariga O‘zbekistondagi universitetda o‘qishni taqiqladi

Душанба куни Ҳиндистон Тиббиёт Кенгаши (NMC) тиббиёт йўналишидаги абитуриентларга Марказий Америкадаги учта ва Ўзбекистоннинг бир тиббиёт университетига бакалавриат даражасида тиббий таълим олишдан қатъий тийилишни қатъий тавсия қилди.

Farg‘onada shifokor adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashladi

Сўнгра беморнинг ҳаёти ва соғлиғини хавф остига қўйиб, бирор-бир тиббий кўрсатма бўлмагани ҳолда унинг “чап оёқ сон соҳасини ампутация қилиш” режасини ишлаб чиққан.

Bugundan mijozlarga kredit ajratishda yangi tartib kuchga kiradi

Агар сиз охирги 6 ойда банкдан ҳеч қандай кредит олмаган бўлсангиз ёки илк марта кредитга мурожаат қилаётган бўлсангиз, банк қарз юкини ҳисобламаслиги мумкин.

Evropa nega Rossiyaga qo‘llayotgan sanksiyalarni Isroilga ham joriy etmayapti?

Мерц Европа нега Россияга қўллаётган санкцияларни Исроилга ҳам жорий этмаётганини тушунтирди.

Isroil Turkiyaning qaroridan bezovta bo‘lmoqda

Шунга қарамай, улар турк ҳаво кучлари сафига қўшилса, Анқаранинг тийиб туриш имкониятларини сезиларли даражада кучайтиради.

Kecha O‘zbekistonda eng issiq harorat rekordi yangilandi!

Бу хақда Ўзгидромет хабар бермоқда.

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

“UzAuto Motors” yangi to‘lov shartlarini e’lon qildi

“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

Mashhur bloger Abduroziq Dubay aeroportida hibsga olindi

Расмий идоралар ҳозирча бу ҳодисага изоҳ бермаган ва иш тафсилотларини ошкор қилмаган.

7,5 yilga qamalgan “Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari Anvar Jo‘rayev ozodlikka chiqdi

2025 йил 5 июндаги Тошкент шаҳар суди жиноят ишлари бўйича апелляция инстанцияси судлов ҳайъати ажрими билан, Анвар Жўраевга тайинланган жазо ўзгартирилди.

Erkak bo‘lib tug‘ilgansan, erkak bo‘lib o‘lasan”

Журналист Макронлар оиласининг унга қарши суд даъвосига жавоб берди

Ispaniyada 4000 yil avval sodir etilgan qotillik aniqlandi

Бу ҳақда Need to Know хабар бермоқда.

Ukraina va Rossiya Zelenskiy hamda Putinning uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Ҳоқон Фиданнинг маълум қилишича, бу келишув Истанбулда ўтган музокараларнинг учинчи босқичи доирасида муҳокама қилинган.

Bashar Asadga yordam bermagani Putinga qimmatga tushdimi?

Башар Асаднинг қулашидан кейин Озарбайжон етакчиси Путин билан алоқаларни узишга қарор қилган

Samarqandda yangi Tracker yonib ketdi

Хабарга кўра, воқеа жойига 1 та ёнғин-қутқарув экипажи соат 16:43 да етиб бориб, ёнғин соат 16:53 да ўчирилган.

Tailand va Kambodja o‘rtasidagi janglar dengizbo‘yidagi kurortlarga yaqinlashdi — OAV

Бу ҳудудлар Бангкокдан атиги 200 км, машҳур Паттая курортидан эса 150 км узоқликда жойлашган.

Eronda jangarilar sud binosiga hujum uyushtirdi, qurbonlar bor

Маълумотларга кўра, суд биноси ташқарисида ҳам отишмалар бўлган, бино атрофидаги йўловчилар ҳам ўққа тутилган.

Toshkent viloyatida advokat 20 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Адвокат маҳкумни қамоқдан чиқариш эвазига 30 минг доллар сўраган.

Shavkat Mirziyoyevni haqorat qilgan shaxs Ozarbayjonda qo‘lga olindi

Бу ҳақда Озарбайжон Бош прокуратураси хабар берди.

Qashqadaryoda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim bergan shaxs qo‘lga olindi

У ушбу таълим учун ҳар бир ўқувчидан 100 АҚШ доллари миқдорида тўлов олган.

Filippindagi toshqinlar oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi

Яна 11 киши бедарак йўқолди хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Россиянинг «Ангара» авиакомпаниясига тегишли Ан-24 самолёти 24 июл куни Амур вилоятида ҳалокатга учради.

Gresiyada yirik o‘rmon yong‘ini: bir nechta qishloq aholisi majburan evakuasiya qilindi

Грециядаги қаттиқ иссиқлик фонида яна бир йирик ўрмон ёнғини келиб чиқди — бу сафар Коринф шаҳри яқинида, жанубий муниципалитетдаги тоғли ҳудудда. Ҳокимият маълумотларига кўра, ёнғин тез суратда тарқалган ва маҳаллий аҳоли ўз уйларини шошилинч тарк этишга мажбур бўлган.

AQSh Garvard universitetining chet ellik talabalar uchun vizaga homiylik qilish vakolati ustidan tergov boshladi

Бу ҳақда АҚШ давлат котиби Марко Рубио ижтимоий тармоқда ёзди.

G‘azoda ochlik xavfi: 100 dan ortiq insonparvarlik tashkiloti ogohlantirdi

Ғазо секторидаги очлик хавфи борасида “Save the Children”, “Chegarasiz шифокорлар” каби йирик ташкилотлар ҳам иштирок этган 100 дан ортиқ инсонпарварлик гуруҳи қўшма баёнот билан чиқди.

Ukrainada korrupsiyaga qarshi organlar vakolatlari cheklanishiga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazildi

Украина пойтахти Киев ва мамлакатнинг бир қатор шаҳарларида "Миллий коррупцияга қарши кураш бюроси" (НАБУ) ҳамда "Махсуслаштирилган коррупцияга қарши прокуратура" (САП) ваколатларини чекловчи қонунга қарши оммавий норозилик намойишлари бўлиб ўтди.

Rossiya va Ukraina uchrashuvlarining uchinchi raundida tinchlik shartlari muhokama qilinadi

Истанбул Россия ва Украина ўртасида 2022 йил 24 февралда бошланган урушни тугатиш мақсадидаги тўғридан-тўғри музокаралар майдони бўлиб қолмоқда. Томонлар учинчи раундни ўтказишга ўзаро розилик берган.

G‘azoda Isroil hujumi oqibatida 8 nafar falastinlik halok bo‘ldi

Бу ҳақда WAFA ахборот агентлиги хабар берди.

Er tezroq aylana boshladi – tadqiqot

Сайёра тезроқ айланмоқда, 10 июль йилнинг энг қисқа куни бўлди, у стандарт 24 соатдан 1,36 миллисонияга камроқ давом этди. Бу ҳақда DW халқаро Ер айланиш хизмати ва АҚШ ҳарбий-денгиз обсерваториясига таяниб хабар бермоқда.

Angrenda 14 yoshli qiz 4 nafar yigit tomonidan zo‘rlandi

Мазкур ҳолат Болалар омбудсмани ва Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги томонидан алоҳида назоратга олинган.

O‘zbekistonliklar 1 milliarddan oshiq pulini Labubuga ishlatib yuborishdi

Жаҳон маркетплейсларида мазкур ўйинчоқ 22 доллардан 900 долларгача сотилмоқда. Миллий маркетплейсда эса мазкур ўйинчоқларни 45 минг сўмдан топиш мумкин.

Toshkent viloyatida YPX mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi

ЙҲХБ хабарига кўра, ҳар иккала ҳолатда ҳам ҳаракат иштирокчиларининг соғлиғига зиён етмаган.

Ukrainada Mirage 2000 qiruvchi samolyoti qulab tushdi

Украина ҳарбийларининг маълумотига кўра, парвоз вақтида авиация техникасида носозлик юзага келган.

Toshkentda samolyot bortida yo‘lovchi ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak qamaldi

Аёл эса эркакка бу ҳаракатларини тўхтатишини ва ўзини тўғри тутиши кераклигини айтишига қарамасдан, у ўз ҳаракатларини давом эттирган.