Mudhish jinoyat: Qashqadaryoda 8 yashar qiz maktabdan olib qochilib, zo‘rlandi

Mudhish jinoyat: Qashqadaryoda 8 yashar qiz maktabdan olib qochilib, zo‘rlandi

 

Joriy yil 4 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Xonobod qishlog‘ida 60-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchisi zo‘rlandi.
Ma’lum qilinishicha, qizning ahvoli hozirda yaxshi. Ammo ba’zida tobi qochib turadi.
Ta’kidlanishicha, qizni maktabdan katta tanaffus vaqtida kuch bilan olib chiqib ketishgan. So‘ng yana maktabga olib kelib, ota-onangga aytsang o‘ldiraman, deb tahdid qilib, qo‘yib yuborishgan. Maktab hozirda bu holat bo‘yicha hech qanday chora ko‘rmagan.
“Maktab hamma narsani o‘zidan chetlashtirishga urinyapti. Direktor qo‘limdan kelganicha yordam beraman degan, ammo endi qanday yordam bera oladi”, deb aytib o‘tdi suhbat davomida qizaloqning yaqini. 
Aslida qizning ota-onasi qizlari zo‘rlangani haqida voqeadan ikki kun o‘tib xabar topgan. Bu ishni kim qilgani noma’lum. Qizaloq uning yuzini ko‘rsa tanimasligini, negaki ko‘zoynagi bo‘lganini aytgan.
Shundan so‘ng, qizning otasi Qarshi tuman IIBga murojaat qilgan. IIB xodimlari voqea joyiga borib, vaziyatni o‘rganib, jarayonni videotasvirga ham tushirgan. So‘ng ekspertiza tekshiruvi o‘tkazilishini ta’kidlab, natijalar tayyor bo‘lganda, qo‘ng‘iroq qilib chaqirishlarini aytishgan.
Ushbu voqeaga yuz berganiga yaqinda bir oy to‘ladi. Biroq bu vaqtga qadar ekspertiza natijalari yuzasidan qizning ota-onasiga ma’lumot berilmagan.
Voqea tafsilotlari o‘rganilyapti.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!