Bugungi axborot-kommunikasiya texnologiyalari rivojlangan davrda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish muhim masalalardan biriga aylanmoqda.
Bu boradagi amaliy ishlarga qaramay, ushbu sohada sodir etilayotgan huqubuzarliklar soni ortmoqda. Xususan, 2020 yil 81 ta, 2021 yil 887 ta, 2022 yilda esa 1 ming 209 ta qonunbuzilish holati aniqlangan. Ularning asosiy qismi Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanilgan holda sodir etilmoqda. Jumladan, 2022 yilda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi qonunbuzilish holatlarining 31 foizi Internet tarmog‘ida sodir etilgan.
Bu kabi huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan “Intellektual mulkni ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni 12-1-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilindi.
Mazkur qonun loyihasi bo‘yicha adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikromov ma’ruza qildi:
— Yangi tahrirdagi qomusimizda ham intellektual mulkni ishonchli himoya qilish masalasi mustahkamlandi. Ammo intellektual mulkdan raqamli vositalar orqali noqonuniy foydalanish holatlari ko‘payib bormoqda. Bunga aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining intellektual mulk sohasi bo‘yicha xabardorligi past ekanligi sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, veb-sayt sahifasi egasi, blogerlar tomonidan intellektual mulk ob’ektlaridan internet va ijtimoiy tarmoqlarda foydalanish mumkin emasligi to‘g‘risidagi aniq normalar axborot sohasidagi qonunchilikda mavjud emasligi ham huquqbuzarliklarga sabab bo‘lmoqda. Shu bois O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni 12-1-moddasiga axborot resursi egasining intellektual, shu jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi shaxsiy javobgarligini oshirish nazarda tutilgan qo‘shimcha kiritilmoqda. Bu orqali veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa axborot resurslaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish hamda axborot-kommunikasiya muhitida intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning samarali himoyasini ta’minlash maqsad qilinmoqda.
Majlisda qonun loyihasi konseptual jihatdan qabul qilindi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлигига Россия Федерацияси ҳудудида ўзбекистонлик меҳнат муҳожирларининг ҳуқуқлари бузилиши ҳақидаги хабарлар кўпайиб бораётгани муносабати билан Россия элчиси чақирилди.
"Биз украиналиклар билан очиқ ва қийин мунозараларда 22 та ўта аниқ шартларни таклиф қилдик ва биз жуда кучли позицияда эканлигимизга ишонамиз", деди Келлог.
2025 йил 5 май куни соат тонгги 6:10 да “Мустақиллик-25” конидаги 202-қудуқда таркибида водород сулфиди юқори бўлган газнинг катта босим билан отилиши ва натижада фонтанланиш ҳолатининг қайталаниши кузатилди.
Россия Ташқи разведка хизмати таъкидлашига кўра, 9 май куни Киев Европа давлатлари раҳбарларини “муқобил тадбир”га таклиф қилган. У ерга таклиф қилинган давлатлар таркиби Улуғ Ватан урушида мағлубиятга учраган Гитлернинг СССРга қарши коалицияси давлатларига тўлиқ мос келади.
Ижтимоий тармоқлар Ғазони тарк этмасликларини айтаётган, ўз фикрларини билдираётган ва босқинчиликка қарши тарихий курашлари ҳақида сўзлаётган одамларнинг хабарлари билан тўлиб-тошган.
Туркия 2025 йил 1 чорак туризм натижаларини эълон қилди. Унга кўра, Туркия 2025 йилнинг 1 январидан 31 мартгача 8,844 миллион халқаро сайёҳни қабул қилди ва туризмдан рекорд дараажадаги 9,5 миллиард доллар даромад олди. Туркия Маданият ва туризм вазири Меҳмет Нури Эрсой Истанбулда ўтказилган матбуот анжуманида мамлакатнинг биринчи чоракда энг яхши кўрсаткичга эришганини маълум қилди.