Moskvada SHHT davlatlari ta’lim vazirlari yig‘ildi

Moskvada SHHT davlatlari ta’lim vazirlari yig‘ildi

Kecha, 18 aprel kuni, Rossiya Federasiyasida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga a’zo davlatlar ta’lim vazirlarining sakkizinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Moskva shahrida o‘tkazilgan ushbu anjumanda oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov ishtirok etdi.

Unda “SHHTga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim”ni 2024–2026 yillarda amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasi, “SHHT faxriy ta’lim xodimi” ko‘krak nishonini ta’sis etish kabi masalalar hamda mintaqa oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida tashkilotga a’zo davlatlarning oliy ta’lim vazirliklari bilan ikki tomonlama muzokaralar olib borildi.

Ma’lumot uchun, SHHT davlatlari ta’lim vazirlari o‘rtasidagi ushbu hamkorlik mexanizmi 2006 yildan buyon ishlab kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!