Moskvada kuydirgi kasalligi aniqlandi

Moskva viloyatida kuydirgiga gumon qilingan fuqaro kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi Rospotrebnadzor hududiy boshqarmasi.
Bemor viloyatga Chuvashiyadan borgan. “Bo‘lim mutaxassislari zudlik bilan epidemiologik tekshiruv ishlarini boshladi”, — deyiladi boshqarma matbuot xizmati xabarida.
Kecha Chuvashiya rahbari Oleg Nikolayev yana 3 kishida kuydirgi infeksiyasi belgilari aniqlanganini aytgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)