Moldova favqulodda holat muddatini uzaytirdi

Moldova favqulodda holat muddatini uzaytirdi

Moldovada favqulodda holat 24 iyundan boshlab yana 45 kunga uzaytiriladi.

Bu taklif seshanba kuni Favqulodda vaziyatlar komissiyasi tomonidan ma’qullangan.

Komissiya favqulodda holat muddatini uzaytirish zaruratini “mamlakatning energiya xavfsizligi, chegara xavfsizligi uchun qolgan xavflar va Ukrainadan kelayotgan qochqinlar oqimini boshqarish zarurati” bilan izohladi.

Komissiya qarori hukumat tomonidan ma’qullanishi va tasdiqlash uchun parlamentga taqdim etilishi kutilmoqda.

Moldovada favqulodda holat Rossiyaning Ukrainaga 24 fevral kuni kiritilgan edi. Aprel oyida favqulodda holat parlament tomonidan yana 60 kunga uzaytirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!