Misrdan gepatit C ga qarshi dori vositalarining navbatdagi partiyasi O‘zbekistonga yetib keldi

Misrdan gepatit C ga qarshi dori vositalarining navbatdagi partiyasi O‘zbekistonga yetib keldi

Misrdan O‘zbekistonga gepatit C ga qarshi dori vositalarining navbatdagi partiyasi yetkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi xabariga ko‘ra, Misr hukumati tomonidan 2025 yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollar bo‘lgan jami 800 ming dona S gepatitiga qarshi “Daklatasvir” va “Sofosbuvir”, B gepatitiga qarshi “Entekavir” dori vositalarining beg‘araz yordam sifatida berilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

2023 yil davomida umumiy qiymati 696 ming dollarga teng bo‘lgan mazkur dori vositalari O‘zbekistonga bosqichma-bosqich yuborildi.

10 fevral kuni Misr hukumati tomonidan insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan C gepatitiga qarshi “Sofosbuvir-400” dori vositalarining 2024 yildagi to‘rtinchi partiyasi yetkazib berildi.

Umumiy 12 dona qutilarda 6720 dona “Sofosbuvir-400” dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlarga taqsimlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!