O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 11 oktyabr kuni Misr Bosh imomi, Al-Azhar majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyib boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv bo‘ldi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizasiyasi markazi mutasaddilari ishtirok etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida islomning asl mohiyatini targ‘ib etishga qaratilgan qator takliflarni ilgari surdi. Ushbu tashabbuslar islom olimlarining o‘zaro birlashishi, hamkorlik qilishida g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda bu borada qator amaliy qadamlar tashlanmoqda.
Uchrashuvda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi J.Akramov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy U.Alimov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori SH.Yovqochev va boshqalar mamlakatimizda ma’rifiy islomni rivojlantirish, buyuk ajdodlarimizning din sofligini ta’minlashga qo‘shgan ulkan hissasini o‘rganish va targ‘ib etish yuzasidan amalga oshirilayotgan xayrli ishlar haqida mehmonlarga ma’lumot berdi.
Misr Bosh imomi yurtimizda islom dunyosida mashhur ko‘plab olimu ulamolar yetishib chiqqanini, mazkur ta’lim dargohi talabalari buyuk ajdodlarimiz ishlarining davomchisi ekanini ta’kidladi.
Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasida diniy-ma’rifiy sohada hamkorlikni kengaytirish, o‘qituvchilar tajribasini oshirish, kadrlar almashuvini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Islom dinidagi dolzarb masalalarni davra suhbatlari, seminarlar va konferensiyalar tashkil etish orqali ilmiy jihatdan tahlil qilish bo‘yicha kelishib olindi. Shayx Ahmad Muhammad Tayyibga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining faxriy professori unvoni berildi.
Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan Al-Azhar universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo‘ldoshev bilan suhbatda Misr Bosh imomining O‘zbekistonga tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi faol muloqotning mantiqiy davomi sifatida mamlakatlarimizning do‘stona va ishonch ruhidagi aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Muloqotda diniy bag‘rikenglik, e’tiqod erkinligini ta’minlash, sof islom ma’rifatini, uning insonparvarlik g‘oyalarini jahon hamjamiyatiga yetkazishda hamkorlikni mustahkamlash haqida so‘z yuritildi.
Tomonlar O‘zbekiston bilan Misr o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik rishtalarini bundan buyon ham mustahkamlashga tayyor ekanini bildirdi.
Manba: uza.uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
2024 йил ноябридан режалаштирилган ва 2025 йилда амалга оширилган «Қизил тўй» операцияси давомида Исроил ҳарбий ҳаво кучлари 12 дақиқа ичида Эроннинг 10 нафар юқори лавозимли ҳарбий раҳбарини йўқ қилишга эришди. Бу операция Эрон мудофаа тизимида жиддий нуқсон борлигини намойиш этди.
Ўзбекистон футболининг иқтидорли ёшлари халқаро майдонда ўзини кўрсатиш имкониятига эга бўлмоқда. “Пахтакор” клуби ҳужумчиси Саидумархон Саиднуруллаев ҳамда “Сурхон” сафида тўп сурувчи икки ёш футболчи — Беҳруз Каримов ва Беҳруз Шукуруллаев Англиянинг машҳур “Куинз Парк Рейнжерс” (КПР) клубида кўрикдан ўтиш учун Лондонга йўл олишди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.
АҚШ президенти Дональд Трамп ўзи Эронга қарши уюштирган зарбаларни “том маънода ҳарбий муваффақият” деб атаб мақтаган бир пайтда, демократлар уни ваколатини ошириб юборганликда айблашди.