Misr AQShdan 2,5 milliard dollarga harbiy samolyotlar sotib olmoqchi

A A A
Misr AQShdan 2,5 milliard dollarga harbiy samolyotlar sotib olmoqchi

AQSh Davlat departamenti jami 2,5 milliard dollarga Misrga radar tizimlari va harbiy samolyotlar sotishni ma’qulladi.

Bu haqda Pentagonning hukumatlararo kelishuvlar bo‘yicha harbiy texnika va qurol-yarog‘larni xorijga yetkazib berish uchun mas’ul bo‘lgan Mudofaa sohasida hamkorlik va xavfsizlik departamentida ma’lum qilindi.

Misr hukumati barcha yordamchi uskunalar va texnik yordamga ega 12 ta C-130 Super Hercules samolyotini oladi. Bitimning taxminiy qiymati 2,2 milliard dollarni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, 355 million dollarlik SPS-48 rusumli uchta yer usti radarlarini sotishga ruxsat berildi. Bitim, shuningdek, ushbu tizimlarga tegishli ehtiyot qismlar, dvigatellar, generatorlar va boshqa jihozlarni sotishni o‘z ichiga oladi.

AQSh Davlat departamenti Kongressni qaror haqida xabardor qildi.

Davlat departamentining roziligi savdo AQSh ma’muriyati uchun muammo emasligini anglatadi.

Agar AQSh Kongressi 30 ish kuni ichida Departamentning qaroriga e’tiroz bildirmasa, ma’muriyat bitim ishtirokchisi bo‘lgan davlat bilan savdo paketining mazmuni bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi.

Muzokaralar natijasida AQSh bu davlatga taklif bilan maktub yuboradi. Ushbu taklifga ijobiy javob berilgan taqdirda yetkazib berish boshlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!