Mirzo Ulug‘bek tumanida avtomashina salonidan sovuq qurol hamda taqiqlangan modda aniqlandi

Mirzo Ulug‘bek tumanida avtomashina salonidan sovuq qurol hamda taqiqlangan modda aniqlandi

🔹Mirzo Ulug‘bek tumaniga xizmatga jalb qilingan YPX inspektori kichik serjant D.Axmedov, safdor B.Vaxobov, PPX xodimlari safdor M.Maxmudov va safdor E.Qo‘ziboyev, TVBSO xodimi serjant M.Abduxalikovlar tomonidan Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan 1985 yilda tug‘ilgan N.A. boshqaruvidagi ORLANDO rusumli avtomashinasi to‘xtatilib xujjatlarini tekshirish mobaynida haydovchi ko’rinishi va xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uyg’otgan.
Xolis va guvohlar ishtirokida avtomashina tekshirilganda avtomashina yukxonasidan 1 dona temir bita, salon qismidan 1 dona o‘tkir tig‘li jism "pichoq" va paketga o‘ralgan, qora rangli, o‘tkir xidli, saqichsimon modda topilgan.

📄Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro va aniqlangan moddalar Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBga topshirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!