Shavkat Mirziyoyev shu hafta Qirg‘izistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev shu hafta Qirg‘izistonga boradi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston hukumati raisi o‘rinbosari hamda Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel joriy hafta Qirg‘izistonga safar qiladi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2 iyun kuni Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida “Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tadi.

Sammitda Markaziy Osiyo va YEI o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!