«Millionlab bola qashshoq mamlakatda tug‘ilgani uchungina nobud bo‘lyapti»

«Millionlab bola qashshoq mamlakatda tug‘ilgani uchungina nobud bo‘lyapti»

O‘tgan 2017 yilda dunyo bo‘yicha 15 yoshgacha bo‘lgan 6,3 million – har 5 soniyada bir bola nobud bo‘ldi, ularning yarmini chaqaloqlar tashkil etdi. YUNISEF hisobotida qayd etilishicha, bu bolalarning katta qismi yashab ketishi mumkin edi.

Dunyoda 1990-yillardan beri bolalar o‘limiga qarshi kurashda katta muvaffaqiyatlarga erishildi: bolalar o‘limini ikki baravar qisqartirishga erishildi, biroq millionlab bolalar faqatgina qashshoq mamlakatda tug‘ilgani uchungina vafot etmoqda. Bolalar o‘limining yarmi Afrika va Janubiy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi: Afrikada 5 yoshgacha bo‘lgan har 13 boladan biri, rivojlangan mamlakatlarda esa har 185 boladan biri nobud bo‘lmoqda.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining uchta asosiy sababi bor: bezgak, zotiljam va tug‘ruq asoratlari. Bolalarni oddiy choralar, masalan, malakali akusherlik yordami va emlash orqali asrab qolish mumkin.

5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar esa asosan turli jarohatlar, xususan, yo‘l-transport hodisalari natijasida nobud bo‘lmoqda.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!