Milliarder Roman Abramovich endi Portugaliya fuqarosi

Milliarder Roman Abramovich endi Portugaliya fuqarosi

Rossiyalik oligarx va milliarder Roman Abramovich Portugaliya fuqaroligini oldi. U joriy yilning aprel oyida ushbu davlat pasportini olgan.

Publico nashrining yozishicha, 55 yoshli Abramovich Portu yahudiy jamiyatining a’zosi va xayrixohi hisoblanadi. Tadbirkor Portugaliya fuqarosi bo‘lishiga sabab, u o‘zini sefard yahudiylarining avlodi deb hisoblaydi.

Allaqachon Isroil fuqarosi bo‘lgan milliarderning o‘zi olingan ma’lumotlarga hozircha izoh bermagan. Ammo portugal gazetasi u hozirda ushbu mamlakatning eng boy fuqarosi ekanligini xabar qilgan.

RBK xabariga ko‘ra, Abramovich ko‘p yillar davomida o‘z oilasi tarixini o‘rgangani va uning ajdodlari Portugaliyadan kelganini, u yerdan haydalib, Gamburgda qolganligini iddao qilgan.

Ushbu “tadqiqot” tufayli milliarder «Qaytish qonuni»ga muvofiq Portugaliya pasportini olgan. Bu qonun sefard (Ispaniya va Portugaliyadan haydalgan) va konverso yahudiylarining (majburiy ravishda nasroniylikni qabul qilgan) avlodlariga Portugaliya fuqaroligini olish imkonini beradi.

Shuningdek, Roman Abramovich AQSh Kongressi Vakillar palatasi tomonidan sanksiyalar qo‘llashni taklif qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgani haqida xabar berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!