Meta Turkiyada o‘z vakolatxonasini ochadimi?

Meta Turkiyada o‘z vakolatxonasini ochadimi?

Raqamli ommaviy axborot vositalari bo‘yicha parlament komissiyasi rahbari Huseyin Yaymanning Hurriyet nashriga ma’lum qilishicha, Turkiya rahbariyati Meta vakillari bilan ikkita uchrashuv o‘tkazgan.

Muloqot chog‘ida Turkiya tomoni Meta vakillarini tinglab, Turkiyada vakolatxona ochish talablarini bildirdi. Ma’lum qilinishicha, ular bu talablarga ijobiy javob berib, deputatlar tomonidan berilgan savollarga ishonchli va samimiy javoblar bergan.

❌ Eslatib o‘tamiz, 2 avgust kuni Turkiyada Meta kompaniyasiga tegishli Instagram ijtimoiy tarmog‘i bloklangan edi. Vaziyatdan xabardor manbalarning o‘sha kuni TRT World telekanaliga ma’lum qilishicha, Hamas siyosiy byurosining marhum rahbari Ismoil Haniya bilan bog‘liq kontent olib tashlanganligi sababli Instagram’ga kirish to‘xtatilgan.

Keyinroq Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoq mamlakat hukumati talablariga mos kelishi bilan Instagram'ga kirishga qo‘yilgan taqiq avtomatik tarzda olib tashlanishini aytdi.

Hukmron Ak Partiyaning aytishicha, ijtimoiy tarmoq AQSh va Britaniya qoidalariga qanday amal qilsa, xuddi shunday Turkiya talablariga ham mos kelishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!