Messida hozir nechta taklif bor?

Messida hozir nechta taklif bor?

«PSJ» hujumchisi Lionel Messining faoliyati hozircha noaniq bo‘lib turibdi. Shunga qaramay, u yaqin kunlarda o‘z kelajagiga oydinlik kiritib olmoqchi.

Argentinalik futbolchida ayni bitta aniq taklif bor. Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi 35 yoshli o‘yinchini jahonning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirishga tayyor.

«Barselona» esa hozircha Messiga shartnoma taklif qilmadi. Chunki, klub hali moliyaviy muammolarni hal qilishga ulgurmadi. Messi ham "Kamp Nou"ga qaytishiga shubha bilan qaramoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!