Messi Milandan uy sotib oldi. Bu "Inter"ga o‘tishiga ishorami?

Messi Milandan uy sotib oldi. Bu "Inter"ga o‘tishiga ishorami?

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Italiyadan yangi ko‘chmas mulk sotib oldi.

Nashr tarqatgan xabarga ko‘ra, Kataloniya klubi sardori Milan shahridan pentxaus sotib olgan. Yangi uy shaharning Port Nuova qismida bo‘lib, «Inter» futbol klubi ofisi yonida joylashgan. 

Avvalroq, Messining agenti sanalmish otasi ham Milan shahridan o‘ziga yangi uy sotib olgandi. «Inter» sobiq xo‘jayini Massimo Moratti argentinalik 33 yoshli futbolchining Milandan uy sotib olayotgani Messining «Inter»ga o‘tishi bilan bog‘liq ekanligiga umid bildirdi.

Ma’lumot uchun, iyul oyi oxirida Italiyaning bir qator nashrlari 2021 yilda Messining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi yakuniga yetgach, «Inter» Lionelga 4 yilga mo‘ljallangan 260 million yevrolik maosh taklif qilmoqchi ekanligi haqida xabarlar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!